Navoiyda mahkumlar Ombudsman vakili bilan uchrashishni soʻrashdi


Navoiy shahridagi 11-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazildi. Shu yilning 13-oktyabr sanasida oʻtkazilgan soʻrovnomada, “Siz qaysi tashkilot vakillarining koloniyaga kelib sayyor qabul oʻtkazishini xohlaysiz?” degan savolga mahkumlarning aksariyat qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) murojaatlari borligini bildirishgan.
2022-yilning 24-oktyabr kuni soʻrov natijalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (Ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev 11-son JIEKga tashrif buyurdi. Shu kuni Ombudsmanning Navoiydagi mintaqaviy vakili, Beshinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshligʻi podpolkovnik I.A.Sherov va koloniya boshligʻi podpolkovnik A.L.Ashirovlar ishtirokida koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar bilan sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda 20 nafar mahkumlarning murojaatlari tinglanib har bir mahkumning mavjud boʻlgan muammolari oʻrganib chiqildi. Shulardan 1 nafar mahkumning murojaati joyida ijobiy hal yetildi, 9 ta murojaat ijroga qaratildi va 10 ta murojaat boʻyicha tushuntirish berildi.
Sayyor qabul davomida murojaatlarni oʻrganish bilan birga mahkumlarga belgilangan ichki tartib-qoidalarga amal qilishlari, tartibbuzarliklar sodir etmasligi, taqiqlangan narsa buyumlardan foydalanmasligi, mehnatga vijdonan yondashishi, oʻz majburiyatlarini bajarilishi boʻyicha tavsiyalar va tushunchalar berildi.
Shundan soʻng mintaqaviy vakil muassasa oshxonasi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati va belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini har bir mahkumga tasdiqlangan meʼyorlar asosida berilishi, yotoqxonalar, omborxonalar, yuvinish xonalarining holati va tozaligi, mahkumlarga tibbiy xizmat koʻrsatilishi va dori-vositalarining taʼminoti darajasi bilan tanishdi.
Amalga oshirilgan tashrif yakuni boʻyicha muassasa maʼmuriyatiga tegishli tavsiyalar berildi.
Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby
Oʻzbekistonda necha nafar nogironligi boʻlgan shaxslar bor?
2025-yil I choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar soni 1 million 31 ming 609 nafarni yoki Oʻzbekiston umumiy aholisining 2,7 foizini tashkil etmoqda. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, nogironligi boʻlgan shaxslarning 173 ming 285 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni, 94 ming 722 nafari ' I guruh, 695 ming 372 nafari ' II guruh hamda 67 ming 6 nafari ' III guruh nogironlari hisoblanadi.Shuningdek, nogironligi boʻlgan sh
Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o
Sahro javohiri
1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t