Buyuk Britaniya bosh vazirligi uchun kurash olib boradigan birinchi siyosatchi maʼlum boʻldi


Foto: Reuters
Buyuk Britaniya parlamenti qoʻyi palatasi — Jamoatlar palatasi rahbari Penni Mordant qirollik bosh vaziri lavozimiga nomzodini qoʻyishini maʼlum qildi.
“Yangi hayot boshlash, Konservativ partiya va rahbariyatni millat manfaatlari yoʻlida birlashtirish istagida boʻlgan hamkasblarimning qoʻllab-quvvatlashi meni ruhlantirdi. Mamlakatimizni birlashtirish, vaʼdalarimizni bajarish va navbatdagi umumxalq saylovlarida gʻalaba qozonish uchun men partiya yetakchisi va bosh vazirlikka nomzodimni qoʻyaman”, dedi Mordant.
Shunday qilib, Mordant Liz Trass isteʼfoga chiqqanidan keyin hukumat rahbari lavozimi uchun kurashni rasman eʼlon qilgan birinchi siyosatchi boʻldi.
Avvalroq, Mordant sobiq moliya vaziri Rishi Sunakdan keyin bosh vazir lavozimiga nomzod boʻlish ehtimoli boʻyicha ikkinchi favorit deb topilgandi. Rishi Sunak avvalgi marta, Trass bosh vazir etib saylanganida saylovda qatnashgan.
Liz Trass 20-oktyabr kuni oʻz lavozimidan ketishini eʼlon qildi. Siyosatchi oʻziga Konservativlar partiyasi tomonidan zimmasidagi vazifalarni bajara olmayotganini tan olgan.
Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yoʻq qilmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 20-mart kuni Taʼlim vazirligini tugatish haqidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda 'Politico' gazetasi hujjat loyihasiga tayanib yozmoqda.Nashrning yozishicha, tegishli hujjatda taʼlim vaziri Linda Makmaxonga idorani yopishga yordam berish uchun 'barcha zarur choralarni koʻrishi' taʼkidlanadi.'Prezident Donald Tramp payshanba kuni Taʼlim vazirligini tugatish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashga tayyor. Bu harakat orqali u saylovo
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik 'oltin kartalar' sotdi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik 'All In' podkastidagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda 'Financial express' nashri.Latnikning taʼkidlashicha, AQSH bir kun ichida mingta 'oltin karta' sotgan hamda bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. Uning fikricha sotilgan 'Oltin kartalar'dan tushgan mablagʻlar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yoʻnaltiriladi.Maʼlumot uchun, 'Oltin kartalar' max
Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda
Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy
Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni sinovdan oʻtkazdi
Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni muvaffaqiyat sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu qurol dronlar toʻdasini bir zumda zararsizlantirishi mumkin.'Urush tabiati oʻzgarganda, bu qurollar dron tahdidlaridan himoyalanish imkoniyatiga ega', ' deyiladi vazirlik bayonotida. Qayd etilishicha, bu qurol yoʻnaltirilgan radiochastota energiya qurolining bir turi hisoblanadi.Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, radiotoʻlqinli qurollar sohasida tadqiq