calendar 25 Sep 04:31
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir

Dushanbe chegarasidagi keskinlikda Qirg'izistonni aybladi

image
image

Qirg'iziston kelishuvlardan chetga chiqib, qo'shinlari va og'ir harbiy texnikalarini o'zaro to'qnashuv chizig'idan olib chiqib ketishda yolg'on ko'rinish hosil qilmoqda va ularni chegaradagi aholi punktlariga yashirmoqda. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin BMT Bosh Assambleyasi 77- sessiyasida gapirib o'tdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Dushanbe  tojik-qirg'iz davlat chegarasini belgilash masalalari BMT Bosh Assambleyasi muhokamasiga asossiz ravishda kiritilganidan afsusda.

"Qirg'iziston erishilgan kelishuvlardan chetga chiqib, qo'shinlari va og'ir harbiy texnikalarini o'zaro to'qnashuv chizig'idan olib chiqib ketishda yolg'on ko'rinish hosil qilmoqda va ularni chegaradagi aholi punktlariga yashirmoqda. Shunday ekan, tojik-qirg'iz chegarasida yuzaga keladigan har qanday keyingi keskinlik uchun javobgarlik to'liq Qirg'iziston zimmasiga tushadi", deydi TIV rahbari.

O'z nutqida u fuqarolarning o'limi va moddiy zararni tilga olib, chegaradagi fojia faqat ularga tegishli degan noto'g'ri tasavvur uyg'onganligini aytib o'tgan.

"Qirg'izistonning harbiy tajovuzi oqibatida Tojikistonning qirqdan ortiq tinch aholisi halok bo'ldi, ikki yuzga yaqini yaralandi. Ular orasida homilador ayollar, bolalar, keksalar, shifokorlar, shuningdek, dindor musulmonlar bor", deydi u.

Shuningdek, vazir chegara hududida yuz bergan fojia tasodifiy emasligini, Qirg'iziston to'qnashuvga o'tgan yilning kuzidan buyon tayyorgarlik ko'rganini qo'shimcha qilib o'tgan.

"Afsuski, Qirg'iziston o'zining biryoqlama, noxolis yondashuviga tayangan holda o'tgan asrning 50-yillaridan boshlab Tojikistonga haqli ravishda tegishli bo'lgan 2110 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni o'zboshimchalik bilan tortib oldi", deydi Muhriddin.

Nutqi so'ngida, u Tojikiston tomoni muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini va tojik-qirg'iz xalqlari tinchlik, do'stlik va hamjihatlik muhitida birgalikda yashash va qurish huquqiga ega ekanligini aytgan.

Eslatib o'tamiz, Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov 20 sentyabr kuni Nyu-Yorkda o'z ishini boshlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida Qirg'iziston-Tojikiston chegarasida sodir bo'lgan qurolli to'qnashuvlarni qirg'iz tomoni boshlamaganligini, aksincha, Bishkek doim qurol ishlatishdan qochishga harakat qilib, qurolsiz, tinch aholiga hyech qachon o'q uzmaganligini aytib o'tgan. Shuningdek, u Imomali Rahmon boshchiligidagi Tojikiston Qurolli kuchlari Qirg'iziston bilan bir necha formatdagi xalqaro kelishuvlarga qaramay, Qirg'iziston suverenitetiga daxl qilayotganini aytgan. 

Qirg'iziston va Tojikiston chegarasida mojaro

Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasidagi chegaradagi vaziyat 14 sentyabr kuni Botken viloyatidagi uchta uchastkada chegarachilar o'rtasida otishma boshlanganidan keyin keskinlashdi. Tomonlar bir necha bor o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishib olganiga qaramay, kelishuvlar har safar muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Qirg'iziston rasmiylari Tojikistonni chegaraga og'ir harbiy texnikani tortib kelishda va Qirg'iziston hududini o'qqa tutishda "barcha mavjud arsenaldan" foydalanganlikda aybladi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi to'qnashuv zonasidan 136 ming kishi evakuatsiya qilingani, Botken viloyatida favqulodda holat rejimi joriy etilganini haqida maʻlum qildi. 

Ayni paytda Tojikiston qirg'iz kuchlarini Tojikiston chegarasidagi qator aholi punktlarini "og'ir qurollardan" o'qqa tutishda aybladi. Hozirda ikki davlat o't ochishni to'xtatish va qo'shinlarni chegara hududidan olib chiqish bo'yicha kelishuvlarga amal qilmoqda. To'qnashuvlarni yakunlash uchun Qirg'iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari protokol imzoladi. Hujjat uchta bandni o'z ichiga olgan.

Ikki davlat chegarasida 70 ga yaqin bahsli uchastkada belgi qo'yilmagani sababli muntazam ravishda mojarolar chiqib turadi. Umuman olganda, 2022 yil iyul oyi holatiga ko'ra, mamlakat chegaralarining 972 kilometridan 600 kilometrga yaqini kelishilgan.

Farangiz Salimova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
57
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi

04 Apr 16:20
 
55
0
xs.uz

Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda

Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy

18 Apr 11:08
 
29
0
xs.uz

Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni sinovdan oʻtkazdi

Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni muvaffaqiyat sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu qurol dronlar toʻdasini bir zumda zararsizlantirishi mumkin.'Urush tabiati oʻzgarganda, bu qurollar dron tahdidlaridan himoyalanish imkoniyatiga ega', ' deyiladi vazirlik bayonotida. Qayd etilishicha, bu qurol yoʻnaltirilgan radiochastota energiya qurolining bir turi hisoblanadi.Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, radiotoʻlqinli qurollar sohasida tadqiq

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp