calendar 24 Sep 16:31
eye 100
comments 0
comments Manba: qalampir

Diyora Usmonova yana bola asrab oldi

image
image

O'zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani, o'zbekistonlik taniqli xonim Diyora Usmonova ikkinchi marotaba bolalar uyidan farzand asrab oldi. Bu haqda u o'zining Instagram sahifasi orqali maʻlum qildi.

"Oyim menga aytadilar: "Nima uchun ko'chada senga muhtoj bo'lgan yetim bolalar bor bo'lgan bir paytda to'xtovsiz farzand dunyoga keltirish kerak?". Men ko'p yillardan buyon onaman. Qizim Oysha bilan bolalar uyidagi kontsertga borgan vaqtimda esa Varvara bilan uchrashdim. U 16 yoshda edi va o'zbekcha qo'shiqqa juda chiroyli raqsga tushdi. Endi uning ismi Osiyo. Bu ismni unga Ikrom qo'ydi. Bu chiroyli ism to'g'rimi? Baʻzida bolalar ota-onalarining xatolari sabab yolg'iz qolishadi, hatto, badavlat insonlar ham bundan himoyalanmagan. Qachonki, Osiyo ruxsat bersa hammasini aytib beraman", deydi u.

Maʻlumot o'rnida, 2021 yilning dekabr oyida ham Diyora Usmonova mehribonlik uyidan Oysha ismli qiz farzandni asrab olgan edi.

Diyora Usmonova 2016 yilda MDHda "Botir alyuminiy" nomi bilan tanilgan tadbirkor Botir Rahimovga turmushga chiqqan. Ularning Ikromjon ismli o'g'li bor. Diyora Usmonovaning birinchi turmushidan Maryam ismli qizi bor.

Instagram'da ushbu xabarga "yoqdi" tugmasini bosganlar orasida O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Imon Karimova, Milliy Olipmiya qo'mitasi vitse-prezidenti Salim Abduvaliyev (Salimboyvachcha)ning qizi Nilufar Abduvaliyeva, o'zbek shou-biznesi yulduzlari Munisa Rizayeva va Muqaddas Saʻdullayevalar bor.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:05
 
36
0
xs.uz

Serjantlar “Vatanga qasamyod” qilishdi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Bojxona qo'mitasi Raisi o'rinbosari O.Choriyev, O'zbekiston bojxona xizmati faxriylari, Bojxona organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, tegishli mas'ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda bojxona organlariga bilimli va malakali kadrlarni jalb etish, ularning kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi, yosh xodimlar esa bunga ja

22 Mar 08:54
 
44
0
xs.uz

Prezident Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi

Muhtaram faxriylar, qadrli yoshlar!Munis opa-singillar, hurmatli mehmonlar!Siz, azizlarni, ko'pmillatli butun xalqimizni qadimiy va hamisha navqiron bayram ' Navro'zi olam bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.Bugungi munavvar kunni elu yurtimiz bilan tinch va xotirjam kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.Bu yilgi Navro'z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg'un holda o'tayotgani bayramga alohida ruh, o'zgacha fayz va quvonch bag'ishlamoqda.

20 Mar 12:54
 
53
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak

16 Apr 15:12
 
26
0
xs.uz

Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi

Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped