calendar 22 Sep 19:20
eye 53
comments 0
comments Manba: xs

Navoiyda avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasidagi oʻgʻrilik fosh etildi.

image

Foto: Xalq so‘zi

Mamlakatimiz iqtisodiyotida raqamlashtirish tadbirlari amalga oshirilib, natijada barcha sohalardagi jarayonlar kaftdagidek koʻrinib turibdi. Ayniqsa, gaz resurslaridan foydalanishda bu qoʻl kelib, qoida va tartibga rioya etish, toʻlov va hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirishni masofadan turib ham nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Meʼyorlardan ozgina ogʻish esa qisqa fursatlarda ayon boʻlmoqda. Tabiiy gazdan foydalanishda shunday holatlardan biri mutasaddilarning eʼtiborini tortdi.

Shu asosda «Hududgaz Navoiy» gaz taʼminoti filialining jismoniy shaxslarga tabiiy gazni yetkazib berishni nazorat qilish boʻlimi xodimlari, filialning moddiy resurslardan oqilona foydalanish va Korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish boʻlimi, «Oʻzneftgazinspeksiya» Navoiy hududiy boʻlimi hamda «Hududgaz Metrologiya» filiali Navoiy boʻlimi masʼul xodimlari tomonidan Navoiy shahrining “Inspektorlar” koʻchasida joylashgan “B.E.M.” MCHJga qarashli “Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyasi”da tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganildi. Jamiyatga tegishli boʻlgan «Avtopilot Pro» rusumli elektron gaz hisoblash uskunasining talab asosida ishlayotganligi modem orqali tekshirilganda, shubhali holat borligi kuzatilib, holatga oydinlik kiritish maqsadida gaz hisoblagich belgilangan tartibda yechib olinib, ekspert tekshiruvidan oʻtkazildi.

Tekshiruv natijasida uning gaz hisoblash uskunasi konfiguratsiyasi oʻzgartirilganligi va mazkur holat hisobdonning hisoblash mexanizmi toʻgʻri ishlashiga taʼsir etganligi maʼlum boʻldi.

Bir soʻz bilan aytganda, ishbilarmon, yanada koʻproq daromad koʻrish niyatida “ishbilarmon”lik qilgan ekan..

— Respublika Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarorining tegishli bandida hisobga olishni notoʻgʻri koʻrsatish maqsadida hisobga olish priborining konfiguratsiyasi va sozligini oʻzgartirish uchun tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priboriga modem yoki boshqa aloqa vositalarining ruxsatsiz ulangani aniqlanganda, belgilangan tartibga asosan, isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmlarining qiymati undirilishi belgilangan, — deydi filialning matbuot xizmati rahbari Zebo Qutliyeva. — Hisob-kitoblarga koʻra, ushbu isteʼmolchi tomonidan 1 million 363 892 m3 gaz noqonuniy sarflangan. Yaʼni, qish mavsumining bir oyida 2000 ta xonadonni taʼminlashga yetadigan tabiiy gaz talon-taroj qilingan. Taʼminot korxonasi bundan 1 milliard 363 million 892 000 soʻm moddiy zarar koʻrgan.

Mazkur holatlar boʻyicha tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilib, barcha toʻplangan materiallar huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirildi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:07
 
26
0
xs.uz

Toshkentda qimmatbaho elektromobil yonib ketdi

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulugʻbek tumani Yalangʻoch mavzesida yuz bergan. Elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻinni soat 23:59 da toʻliq oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan

04 Apr 16:19
 
43
0
xs.uz

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 2025-yil 19-martda qabul qilingan 171-sonli qarorga muvofiq, Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.Mazkur qarorga asosan Institutning bir qator asosiy vazifalari aniqlab berildi. Jumladan, adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, sud ekspertizasi, arxiv ishi, ish yuritish, ijro intizomi, murojaatlar b

18 Apr 11:07
 
32
0
xs.uz

2024-2025-oʻquv yilida oliy taʼlim bilan qamrab olinganlik darajasi qanday?

Ushbu yosh toifasidagi aholining oliy taʼlim bilan qamrov koʻrsatkichlari 2014-yilda 6,8 foiz, 2017-yilga kelib 8,3 foiz, 2020-yilda 18,7 foiz, 2022-yilda 36,6 foiz va 2024-yilda esa 47,7 foiz koʻrinishida boʻlgan.2024/2025 oʻquv yili boshidagi natijalar 2014-yil bilan solishtirilganda 40,9 % ga yuqoriroqdir.Taʼkidlash joiz, 2024-yilda respublikada oliy taʼlim muassasalari soni 211 tani tashkil etib, ulardan 112 tasi davlat, 30 tasi xorijiy va 69 ta nodavlat oliy taʼlim muassasalari ekan

20 Mar 12:54
 
49
0
xs.uz

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo