
Foto: Illustrativ foto
Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Jumladan, Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida “Matiz” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi. Natijada, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan 2 nafar xorijiy fuqaroga tegishli 23 kg. 52 gr. “opiy” va 30 kg. 122 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Maʼlum boʻlishicha, ushbu giyohvand moddalar afgʻonistonlik narkokurerlar tomonidan kontrabanda yoʻli bilan mamlakatimizga oʻtkazilgan.
Boshqa bir holatda esa muqaddam xorijda ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun qamoq jazosini oʻtagan, Denov tumanida yashovchi, 1966-y.t. fuqaro boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina Termiz shahrida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi. Natijada, unda ham afgʻonistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilgan 39 kg. 520 gr. “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻldi.
Uchinchi holatda esa Denov shahrida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan, 1967-y.t. shaxs oʻzining yashash xonadonida 2 kg. 396 gr. “opiy” moddasini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi hamda oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 25 kg. 448 gr. “opiy” va 69 kg. 642 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari musodara qilindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby
Oʻzbekistonda necha nafar nogironligi boʻlgan shaxslar bor?
2025-yil I choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar soni 1 million 31 ming 609 nafarni yoki Oʻzbekiston umumiy aholisining 2,7 foizini tashkil etmoqda. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, nogironligi boʻlgan shaxslarning 173 ming 285 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni, 94 ming 722 nafari ' I guruh, 695 ming 372 nafari ' II guruh hamda 67 ming 6 nafari ' III guruh nogironlari hisoblanadi.Shuningdek, nogironligi boʻlgan sh
Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o
Sahro javohiri
1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t