calendar 16 Aug 11:31
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir

Qrimdagi portlash sababi ochiqlandi 

image
image

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolining Jankoy tumanidagi harbiy omborda o'q-dorilarning portlashi qo'poruvchilik tufayli sodir bo'lgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bergan.

"Bugun, 16 avgust kuni ertalab qo'poruvchilik oqibatida Jankoy qishlog'i yaqinidagi harbiy omborga zarar yetdi", deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, vazirlik hyech kim jiddiy jarohat olmaganini qo'shimcha qilgan. Biroq, fuqarolik obʻyektlariga: elektr uzatish liniyalariga, elektr stantsiyalariga, temir yo'llarga va turar-joy binolariga zarar yetgan. Qo'poruvchilik oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha zarur choralar ko'rilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, bugun, 16 avgust kuni Moskva vaqti bilan taxminan 06:15 da Mayskoye (Jankoy tumani) aholi punkti hududida o'q-dorilarni vaqtincha saqlash uchun ajratilgan uchastka hududida yong'in sodir bo'ldi. Yong'in oqibatida saqlanayotgan o'q-dorilar portlab ketdi. 

Qrim rahbari Sergey Aksyonovning aytishicha, ikki nafar tinch aholi yengil va o'rtacha og'irlikdagi yaralangan. Hodisa sodir bo'lgan hudud o'rab olingan, u yerdan ikki mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan.

O'q-dorilarning portlash paytida temir yo'l relslari shikastlangan, bu esa yettita yo'lovchi poyezdini kechiktirgan. Rels allaqachon tiklangan, ammo barcha xavfsizlik choralari ko'rilgandan keyingina harakat tiklanadi.

Aytish joizki, 9 avgust kuni Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolining Novofedorovka posyolkasidagi "Saki" harbiy aviabazasida ketma-ket portlashlar sodir bo'ldi. Rossiya samolyotlari Zaporojye, Nikolayev va Xerson viloyatlarini bombardimon qilish uchun aynan shu havo bazasidan  foydalanayotgandi.

Ukraina Mudofaa vazirligi portlashlarga izoh berib, yong'in sabablarini aniqlay olmaganini taʻkidlab o'tdi.

Rossiya Mudofaa vazirligining maʻlum qilishicha, portlashlar o'q-dorilarning o'z-o'zidan portlashi tufayli sodir bo'lgan. Jarohatlanganlar va bir kishi halok bo'lgani haqida xabarlar bor. 14 kishi jabrlangan.

"The Waшington Post" nashri Ukraina rasmiysiga tayanib, Qrimdagi aerodromga Ukraina maxsus kuchlari zarba berganini xabar qildi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o'zini mustaqil deb eʻlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini taʻkidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSh, EI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini eʻlon qildi va rus qo'shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so'rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga "na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas"ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko'p o'tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʻlon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʻlon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo'shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og'ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o'tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo'qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Evropa davlatlari va AQSh Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, "Rossiya" banki, "Otkritiya", "Novikombank", "Promsvyazbank", "Sovkombank" va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSh va Evropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Evropa davlatlari, AQSh, Kanada Rossiya uchun o'z havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveytsariya ham qo'shildi. Urush fonida Ukrainani Evropa Ittifoqi aʻzoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
39
0
xs.uz

Hindiston va Nepalda kuchli yogʻingarchilik hamda chaqmoq urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi

Hindiston va Nepalning baʼzi hududlarida mavsumiy kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 9-aprel, chorshanba kuni boshlangan kuchli yogʻingarchilik ayni vaqtda ham davom etmoqda. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik oqibatida 100 nafardan ortiq inson halok boʻlgan.Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti Hindistonning 'Bihar' hududida soʻnggi ikki kun ichidagi yogʻingarchilik oqibatida ha

21 Apr 08:34
 
334
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi

Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo

16 Apr 15:12
 
45
0
xs.uz

AQSH Ukrainaning “qarzini” uch barobarga kamaytirdi

Kiyev vakillari bilan muzokaralar yakuniga koʻra, AQSH Ukrainaga ajratilgan yordam uchun ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha oʻz talablarini uch barobarga qisqartirgan. Bu haqda 'Bloomberg' vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Oʻtgan hafta Vashingtonda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakuniga koʻra, prezident Donald Tramp maʼmuriyati koʻrsatilgan yordam miqdorini 300 milliard dollardan 100 milliard dollarga tushirdi', ' deyiladi manbada.Agentlik manbalariga koʻra, O

22 Mar 08:54
 
54
0
xs.uz

Eynshteynning mashhur surati rekord narxga sotildi

Bu surat 1951-yil 14-martda fotograf Artur Sass tomonidan olingan. Oʻsha kuni Eynshteyn oʻzining 72 yoshini nishonlagan, ziyofat tugagach, u doʻstlarining uyiga olib borib qoʻyish taklifidan foydalangan. Olim avtomobilga oʻtirishi bilanoq, reportyor undan suratga tushishni soʻragan. Kameralardan charchagan olim buning oʻrniga tilini koʻrsatgan ' shu tariqa ramziy kadr paydo boʻlgan.Keyinchalik Eynshteyn gazetada ushbu suratni koʻrib, imzo chekish va doʻstlariga sovgʻa qilish uchun un