calendar 01 Aug 09:21
eye 130
comments 0
comments Manba: xs

Kurash boʻyicha yoshlar oʻrtasida Prezident sovrini uchun xalqaro musobaqalar oʻtkaziladi

image

Foto: Arxiv surat

“Sport kurashlarining Olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–336-son, 29.07.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2022-2024-yillarda sport kurashlarining olimpiya turlarini (erkin kurash va yunon-rum kurashi) rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

Qarorga koʻra, 2023-yildan har yili anʼanaviy tarzda sport kurashlari boʻyicha erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida navbatma-navbat respublikaning barcha hududlarida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari boʻyicha):

— yoshlar oʻrtasida Prezident sovrini uchun xalqaro sport musobaqalari;

— oʻsmirlar oʻrtasida “Uzbekistan-Grand Prix” xalqaro sport musobaqalari;

— kattalar oʻrtasida “New Uzbekistan” xalqaro sport musobaqalari;

— Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Vazir kubogi”, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida “Rais kubogi”, Milliy gvardiya tizimida “Qoʻmondon kubogi”, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi kubogi”, “Viloyat hokimi kubogi” va “Toshkent shahri hokimi kubogi” musobaqalari oʻtkaziladi.

Oʻrta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida uyushtiriladigan “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining dasturlariga sport kurashlari kiritiladi.

2023/2024 oʻquv yilidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sport kurashlari boʻyicha oʻqishga qabul qilishning amaldagi davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

2023-yildan sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sport kurashlarining kamida bitta turi boʻyicha, shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida sport kurashlarining ikkita turi boʻyicha seksiya va boʻlimlar tashkil etiladi.

Sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklarida ishtirok etadigan sportchilarning natijalari xorijiy malakali hakamlar tomonidan baholanishi yoʻlga qoʻyiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
593
0
xs.uz

Taniqli futbol mutaxassisi Bahodir Davlatov vafot etdi

Uzoq yillar davomida turli jamoalarda murabbiylik qilgan, Oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshgan mutaxassis Bahodir Davlatov vafot etdi. Bu haqida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.Bugun, 18-aprel kuni uzoq yillar davomida turli jamoalarda murabbiylik qilgan, Oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshgan sobiq professional futbolchi Bahodir Davlatov 60 yoshida olamdan oʻtdi.Bahodir Boyjonovich Davlatov 1964-yilning 15-iyul kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer tumanida tugʻilgan. U futbol

12 Apr 21:16
 
36
0
xs.uz

Gandbolchilar o‘rtasida kuchlilar aniqlandi

Jumladan, joriy yilning 7-8-aprel kunlari Shofirkon tumani bosqichi uyushtirildi.Buxoro viloyati gandbol federatsiyasiga ko'ra, qizlar o'rtasida 'Qo'rg'oni Vardonze' mahallasi, yoshlar orasida 'Mirzoqul' mahallasi jamoasi g'olib chiqdi.Shuningdek, qizlar birinchiligida 'Jo'yrabod' MFY ikkinchi, 'Mirzoqul' MFY jamoasi uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Yoshlar musobaqasida esa sovrinli o'rinlarga mos ravishda 'Jo'yrabod' MFY va 'Tinchlik' MFY mahallalari gandbolchilari sazovor bo'lishdi.G'olib va s

17 May 21:48
 
136
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi

Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta

13 May 14:39
 
14
0
xs.uz

Qilichbozlik: shpagachimiz bronza medali sohibi

Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo'lga kiritdi.Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda qozog'istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o'rin bilan yakunladi.