Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlar bir qator soliqlardan ozod qilinadi


Illustrativ foto
Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlar bir qator soliqlardan ozod qilinadi. Bu haqda "Huquqy axborot" xabar bermoqda.
Quyidagilar mol-mulk, yer, aylanmadan olinadigan soliqlarni toʻlashdan, YATTlar uchun daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida “oʻsish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlari boʻyicha tadbirkorlar – 2024-yil 1-yanvargacha;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtakoʻpir, Boʻzatov va Shumanay tumanlaridagi sanoat tadbirkorlari – 2024-yil 1-yanvargacha;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi aniqlagan roʻyxat boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan va ogʻir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan tadbirkorlar – 2026-yil 1-yanvargacha (Ushbu tadbirkorlar foyda soligʻidan ham ozod qilinadi).
Prezident Andijonda taʼziyali xonadonga kirib oʻtdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi.Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni ' Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.Davlat rahbari taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.
Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi
Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega
Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi
Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu