calendar 01 Jul 10:32
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir

Konor bilan jangda mag'lub bo'lish mumkin emasdi – Habib 

image
image

Bugun, 1 iyul kuni AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC'ning Shon-sharaf zaliga kiritish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda yengil vazn toifasida UFC'ning sobiq chempion Habib Nurmuhammedov va ikkita vazn toifasida sobiq chempion Daniel Kormye rasman Shon-sharaf zaliga kiritildi. 

Dog'istonlik jangchining 2022 yil mart oyida bo'lib o'tgan UFC-272 turniri davomida dunyodagi eng yaxshi promoshenning Shon-sharaf zaliga kiritilishi maʻlum bo'lgan edi.

Marosimdan so'ng, Habib Nurmuhammedov 2018 yilning 6 oktyabrida Konor Makgregor bilan bo'lib o'tgan jangni esalab, faoliyatidagi istalgan jangni boy berishi mumkinligini, biroq irlandiyalik bilan jangda bunday bo'lishiga yo'l qo'yishni xohlamaganini tan oldi.

"Bu yerda (Las-Vegas) 2018 yil 6 oktyabrda faoliyatimdagi eng katta jang sodir bo'lgan. Aynan shu arenada. Bu MMA tarixidagi eng buyuk jang edi va men unda g'alaba qozonganimdan juda xursandman. Men har qanday jangda yutqazishim mumkin edi, lekin Konor bilan jangda mag'lub bo'lish mumkin emasdi", degan sobiq UFC chempioni.

Maʻlumot uchun, Nurmuhammedov MMA faoliyati davomida, 29 ta jang o'tkazib, 29 ta g'alaba qozongan. 2020 yil oktyabr oyida Jastin Getjini mag'lubiyatga uchratgan rossiyalik jangchi faoliyatini yakunlashini eʻlon qilgandi.

Maʻruf Abdumalikov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
40
0
postda.uz

Арқонда сакраш

Саломатлик Арқонда сакраш ✅ 15 дақиқа арқондан сакраш 60 дақиқа югуришга тенг. Мунтазам арқонда сакраш билан шуғуллансангиз, сизда ёғ тўпланиши камаяди.✅ Бундан ташқари, арқонда сакраш юрак мушаклари учун фойдали бўлиб, қон босими ва нафас ритмини нормаллаштиради, юр

20 Mar 12:50
 
46
0
postda.uz

Кучлар яшил майдонда синалди

Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи кубоги учун соҳавий хизматлар ҳамда ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари ходимлари ўртасида мини футбол мусобақаси бўлиб ўтди. Икки кун давом этган ва 19 та жамоа қатнашган баҳсларда биринчи ўринни Жиззах шаҳар ИИБ жамоаси қўлга киритди.

20 Mar 12:50
 
49
0
postda.uz

KUBOK KUCHLILARGA NASIB ETDI

Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlari harbiy xizmatchilari o'rtasida futbol bo'yicha “Qo'shin kubogi” musobaqasi o'tkazildi.Navoiy shahridagi “Kimyogar” o'yingohida tashkil etilgan mazkur bahslarda 9 ta jamoa g'oliblik uchun o'zaro kurash olib borishdi.Qizg'in va murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, 7536-harbiy qism jamoasi shohsupaning yuqori pog'onasidan joy olib, kubok sohibiga aylangan bo'lsa, keyingi o'rinlar 7533 va 7534-harbiy qism futbolchilariga nasib etdi.G'o

20 Mar 12:50
 
55
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining