Markaziy bankning “Finlit.uz” loyihasi maishiy texnika va shunga o‘xshash mahsulotlarni iste’mol krediti orqali sotib olganda yoki joyida bo‘lib to′laganda arzonroqqa tushishini tahlil qildi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Aynan, siz sotib olishni xohlagan mebel, oshxona jihozlari, maishiy-texnika yoki elektron jihozlar mo‘ljalingizga nisbatan qimmatroq bo‘lsa, nima qilasiz? Pulingiz yetmay turgan qismiga bankdan kredit olib do‘konga qaytasizmi yoki sotuvchining tavsiyasiga amal qilib joyida “bo‘lib to‘lash” taklifini qabul qilasizmi?
Bu holatda, xoh tovar yoki pul ko‘rinishida iste’mol krediti rasmiylashtirilishidan qat’iy nazar, e’tiborni ko‘proq tovar sizga bozor qiymatiga nisbatan qanchalik qimmat tushayotganiga qaratishingizni tavsiya etamiz. Keling, bank va do‘konning bu tizimda qanday ishlashini aniq misollarda ko‘rib chiqamiz.
Bank krediti
Bank iste’mol kreditlari mamlakatimizning barcha banklari taklif etadigan bank xizmati turi bo‘lib, ular O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini xarid qilish maqsadida ajratiladi:
- maishiy-texnika, kompyuter, radio va elektrotexnika;
- mebel va uy-joy jihozlari;
- dam olish va davolanish maskanlariga yo‘llanma;
- avtotransport vositalarini sotib olish;
- marosimlar (to‘y, yubiley) o‘tkazish.
Iste’mol krediti har bir bankning ichki tartibiga asosan ajratiladi. Kredit mahsulot va xizmat yetkazib beruvchining hisob varag‘iga pul ko‘chirish yo‘li bilan beriladi.
Shuningdek, ba’zi banklar kredit uchun garov ta’minoti (ko‘chmas va ko‘char mulk, sug‘urta polisi) talab etadi. Aksariyat hollarda iste’mol kreditlari uchinchi shaxsning (masalan, doimiy daromadga ega bo‘lgan hamkasbingiz, o‘rtog‘ingiz yoki qarindoshingiz) kafilligi ostida ajratiladi.
Banklar iste’mol kreditlarini o‘rtacha 22-28 foizlik stavkalaridan, 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatlarda taklif etadi.
Ba’zi banklarda shartnomaning 20-25 foizi miqdorigacha boshlang‘ich badal qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Kreditni so‘ndirish kamayib borish tartibida yoki oyma-oy bir xil miqdordagi to‘lovlar (annuitet) asosida amalga oshirilishi mumkin.
Kredit uchun qaday hujjatlar taqdim etiladi?
- ariza;
- pasport/identifikatsiya ID-kartasi/yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/harbiy bilet nusxasi;;
- olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (so‘nggi 12 oylik, ba’zi banklarda so‘nggi 6 oylik);
- mahsulot yoki xizmat yetkazib beruvchi bilan imzolangan shartnoma;
- kredit ta’minoti hujjatlari (uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polisi yoki garov mulki).
Iste’mol krediti bo‘yicha barcha ma’lumotlarni banklarning veb-saytidan topishingiz, kredit bo‘yicha barcha xarajatlarni kredit kalkulyatori yordamida onlayn hisoblashingiz mumkin.
Ba’zi banklarning veb-sayti orqali iste’mol krediti uchun onlayn ariza topshirishingiz ham mumkin.
Do‘konda “bo‘lib-bo‘lib to‘lash”
Hozirgi kunda, ko‘chalarda “Mahsulotlar bo‘lib to‘lashga kreditga beriladi” mazmunidagi e’lon va reklamalarga ko‘zimiz tez-tez tushadi. Bunda “Creditasia.uz”, “Texnomart.uz”, “Mediapark.uz”, “Easymarket.uz”, “Crediton.uz” kabi elektron do‘konlar iste’mol kreditlarini tez, oson va masofadan turib rasmiylashtirilishini targ‘ib qilgan holda sizdan faqatgina:
- pasportingiz nusxasi;
- ish joyingizdan oylik daromadingiz to‘g‘risidagi ma’lumotnomani talab etadi.
Iste’molchi o‘ziga jalb etuvchi bunday taklifga osongina ko‘nishi mumkin. Keling, bugungi kunda bozor narxi 3,5 mln so‘mlik Artel HD341FN muzlatkichini kredit va “bo‘lib-bo‘lib to‘lash”ga sotib olinganda muzlatkichning asl bahosi qanchaga tushishini amaliy hisob-kitoblarda ko‘rib chiqamiz.
Foto: ‘‘Finlit.uz’’
Demak, do‘kondan “bo‘lib to‘lash”ga olgan mahsulotingiz kreditga nisbatan ancha qimmatga tushadi.
Umuman olganda, siz o‘zingiz uchun bozorda eng yaxshi mahsulotni tanlab-tanlab sotib olganingiz kabi bankni va taklif etilayotgan kredit turini eng ma'qulini tanlashga haqlisiz.
Sizga maqbul tanlov qilishingizda ko‘maklashdik deb umid qilamiz.
Avvalroq Markaziy bank keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemasi haqida ogohlantirgan edi.
Коррупция бор жойда адолат бўлмайди
Ҳафта қаҳрамони Жорий йилнинг 12 март куни “Наманган” ЙПХ масканида инспекторлар Т.З. ва И.Ю. ҳайдовчи А.А. бошқарувидаги автомашинани тўхтатади. Ҳайдовчи ҳаяжонланиб, саросимага тушиб қолади. Инспекторлар эса салонни диққат билан текширади. Не ажабки, у ердан 46 хил хори
Endilikda 11,25 mln soʻmdan ortiq pul oʻtkazmalari uchun nazorat kuchaytiriladi
Yangi tartib bilan toʻlov xizmatlari va elektron pul tizimlari orqali amalga oshiriladigan yirik pul oʻtkazmalari shaxsiy maʼlumotlar bilan rasmiylashtiriladi.Hujjatga koʻra, toʻlov tashkilotlari jismoniy shaxs toʻlov tashkiloti mobil ilovasi orqali akkaunt ochish uchun murojaat qilganda, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi subyektlar elektron terminaldan (E-POS) foydalanish uchun murojaat qilganda, BHMning 500 baravariga teng (187,5 million soʻm) yoki undan oshgan summada toʻlov tash
Dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,77 soʻmga'tushdi va'12 969,56 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'10,96 soʻmga'pastlab,'14 768,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,58 soʻmga'oshdi va'157,09 soʻmni'tashkil qildi.
BOShQARMADA MATBUOT ANJUMANI
Yaqinda Navoiy viloyati IIBda tashkil etilgan matbuot anjumanida OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi. Anjumanda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Zohidjon Qayumov viloyat IIBning 2024-yildagi faoliyati natijalari va kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berdi. Jumladan, sohaga raqamli texnologiyalar va innovasion yondashuvlarning joriy etilishi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning,