calendar 27 Apr 19:11
eye 52
comments 0
comments Manba: daryo

Iftorlikni kutayotgan bola, Qirol kunini nishonlagan niderlandlar, Mercedes-Benz moda haftaligi. 27-aprel suratlari

image

Dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Xitoyning Chengdu shahridagi panda.

Foto: Getty Images

Germaniyada 30-apreldan 1-maygacha nishonlanadigan Valpurgis kechasiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: Getty Images

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uy ostida to‘p o‘ynab o‘tirgan bolalar.

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

NASA va SpaceX XKSga yo‘naltirilgan Crew-4 missiyasini ishga tushirmoqda.

Foto: Getty Images

Londonning Sent-Jeyms parkidagi ko‘lda suzib yurgan oqqush.

Foto: “TASS”

Rim papasi Fransisk Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonida haftalik messa o‘tkazish uchun kelmoqda.

Foto: EPA

Niderlandiyada Qirol kuni nishonlandi.

Foto: EPA

Mexiko shahrida Mercedes-Benz moda haftaligi

Foto: EPA

Seuldagi Jogyesa ibodatxonasida yaqinlashib kelayotgan Buddaning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun chiroqlar osilgan derazani ochayotgan ayol.

Foto: AP Photo

Shri-Lankada iqtisodiy vaziyat tufayli tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi.

Foto: EPA

Dakkadagi “Baytul-Mukarram” jome masjidida Ramazon oyida iftorlik taomlarini tartiblayotgan odam.

Foto: Rex

Isroilda Xolokostni xotirlash kuni nishonlanmoqda.

Foto: EPA

Turkiyaning Oydintepe tumani shimolida qishloq yo‘llarini ochishga urinayotgan qor tozalovchilarning yuqoridan ko‘rinishi.

Foto: Getty Images

Montevideo osmonidagi chaqmoq.

Foto: AFP

Latviyadan o‘tgan Venta daryosidagi sharsharadan sakrab o‘tayotgan baliqlar.

Foto: Reuters

Haydarobodda musulmon bola Ramazon oyida ro‘zasini ochishni kutmoqda.

Foto: AP Photo

UCI World Tour velopoygasining birinchi bosqichida Champvent qal’asi yonidan o‘tib ketayotgan sportchilar, Shveysariya.

Foto: AFP

Koronavirus epidemiyasi vaqtida himoya kostyumi kiygan va dezinfeksiya vositalarini olib yurgan ishchi yo‘lni kesib o‘tmoqda, Pekin.

Foto: Reuters

Keniyadaning Magadi ko‘lidagi flamingolar.

Foto: Legion Media

Sankt-Peterburgda Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasining shtab-kvartirasi bo‘lgan Lakhta Centre binosi.

Foto: AP Photo


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
31
0
xs.uz

YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit

20 Mar 12:50
 
58
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

04 Apr 16:20
 
53
0
xs.uz

Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan butunlay chetlashtirildi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy oʻtib, lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Endi mamlakatda 60 kun ichida yangi prezident saylovlari oʻtkazilishi kerak, deb xabar bermoqda 'BBC' nashri.Maʼlum qilinishicha, Konstitutsiyaviy sud Yun Sok Yolning impichmenti haqidagi qarorni oʻz kuchida qoldirgan. Prezidentga qarshi impichmentni qoʻllab-quvvatlash uchun 8 nafar sudya ishtirok etgan. Ular Janubiy Koreya prezidentinin

04 Apr 16:20
 
56
0
xs.uz

Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda

Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy