Toshkentda ish boshlagan mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha xalqaro konferensiyaning ilk kuni — suratlarda

Avval xabar berilganidek, 3-mart kuni Toshkentda “BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi” mavzusida xalqaro anjuman boshlandi.
Xalqaro anjuman ochilishi oldidan ishtirokchi davlatlarning vakillari umumiy suratga tushishga hozirlik ko‘rmoqda.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Unda XXR, Rossiya, AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq hamda boshqa mintaqalar mamlakatlaridan 600 nafarga yaqin yuqori martabali shaxs, milliy va xorijiy tahliliy markazlar yetakchi ekspertlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari mutaxassislari qatnashmoqda.
Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaatini Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov o‘qib eshittirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaatini Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov o‘qib eshittirdi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Daryo” fotomuxbiri ushbu marosimning e’tiborga molik lahzalarini kadrlarga muhrladi.
Xalqaro anjuman ochilishi oldidan ishtirokchi davlatlarning vakillari umumiy suratga tushdilar.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
BMT bosh kotibining o‘rinbosari – Kontrterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi rahbari Yevgeniy Kolenko.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Tashqi ishlar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha yangi maslahatchisi – Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Yusuf Qobuljonov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Dilshod Rahimov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlot.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmani) Feruza Eshmatova.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl
Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi
Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-
AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi
AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu