calendar 27 Feb 20:10
eye 33
comments 0
comments Manba: daryo

Stranja—2022. Lazizbek Mullajonov germaniyalik bokschini mag‘lub etib, O‘zbekistonga 6-oltin medalni taqdim etdi

image

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha xalqaro an’anaviy Stranja Kubogi musobaqasining so‘nggi final bahslari 27-fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Boks federatsiyasi

Turnirning oxirgi kunida +92 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Lazizbek Mullajonov finalda ishtirok etdi. Unga germaniyalik Nelvi Tiafak raqib bo‘ldi. Jang to‘liq Mullajonovning ustunligida o‘tdi va o‘zbekistonlik bokschi oltin medalga ega chiqdi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada 6 ta oltin va bitta bronza medaliga ega chiqdi. Avvalroq Hasanboy Do‘stmatovAbdumalik HalokovMujibillo Tursunov, Odiljon Aslonov va Madiyor Saidrahimov Stranja—2022 ning oltin medaliga sazovor bo‘lgandi.

Tursunoy Rahimova yarim finalda ukrainalik bokschiga imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan cheklangan bo‘lsa, Jahongir RahmonovSaidjamshid Ja’farovSohiba Ro‘zmetovaRayhona QodirovaSitora TurdibekovaMavluda Mavlonova musobaqa bilan erta xayrlashgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
46
0
postda.uz

Кучлар яшил майдонда синалди

Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи кубоги учун соҳавий хизматлар ҳамда ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари ходимлари ўртасида мини футбол мусобақаси бўлиб ўтди. Икки кун давом этган ва 19 та жамоа қатнашган баҳсларда биринчи ўринни Жиззах шаҳар ИИБ жамоаси қўлга киритди.

20 Mar 12:50
 
49
0
postda.uz

KUBOK KUCHLILARGA NASIB ETDI

Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlari harbiy xizmatchilari o'rtasida futbol bo'yicha “Qo'shin kubogi” musobaqasi o'tkazildi.Navoiy shahridagi “Kimyogar” o'yingohida tashkil etilgan mazkur bahslarda 9 ta jamoa g'oliblik uchun o'zaro kurash olib borishdi.Qizg'in va murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, 7536-harbiy qism jamoasi shohsupaning yuqori pog'onasidan joy olib, kubok sohibiga aylangan bo'lsa, keyingi o'rinlar 7533 va 7534-harbiy qism futbolchilariga nasib etdi.G'o

20 Mar 12:50
 
55
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas