calendar 26 Feb 20:11
eye 30
comments 0
comments Manba: daryo

Hududlarga biriktirilgan viloyat hokimlari, kichik tumanlarga beriladigan katta mablag‘lar, qiymati 108 million dollar bo‘lgan shamol elektr stansiyasi — prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifidan keyingi xulosalar

image

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23—24-fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib qaytdi. Davlat rahbarining bu galgi tashrifi boshqalaridan anchagina farqli bo‘ldi, deyish mumkin. Viloyat hokimlarining Qoraqalpog‘iston hududlariga biriktirilishi, kichkina, uzoq yillar mobaynida e’tibordan chetda qolib kelayotgan tumanlarga berilayotgan katta mablag‘lar, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari bilan suhbatlar — davlat rahbarining Qoraqalpog‘istonga tashrifidan keyingi xulosalar.

Orol dengiziga e’tibor va “tuzli” Qoraqalpog‘iston haqida

Biz jurnalistlar guruhi davlat rahbari tashrifidan bir kun avval Nukusga yetib borgan edik. Kun davomida prezident o‘tgan yillarda borib ko‘rgan, bugungi kunda esa amalda bajarilgan loyihalarning ayrimlari bilan tanishdik. Yo‘lda yurar ekanmiz chetroqda turgan qorga o‘xshash oppoq tuzlarni ko‘rdik. Avval “Qoraqalpog‘istonda tuz yig‘ilib qolgan” degan gaplarni eshitganimizda o‘zimizcha tasavvur qilar edik. Holatni ko‘zimiz bilan ko‘rgach haqiqiy ahvol tasavvur qilib yurganimiz ko‘rganimiz oldida hech narsa emasligini tushundik.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tashrifning ilk kuni Nukus shahridan Mo‘ynoqqacha samolyotda yetib oldik. Parvoz davomida uchoq oynasidan pastga qarasak e’tiborimizni tortgan eng katta narsa — Orol dengizi va uning qurib borayotgan qismi bo‘ldi. Bu juda ayanchli, afsuslanarli holat. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 va 2020-yillarda BMTning sessiyalarida Orol haqida gapirgan edi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident Orol dengizining qurigan joyiga borib ko‘rdi. Bu yerga 2022-yilda 100 ming gektar maydonda “yashil qoplama” barpo qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunda shundan 26 ming gektarida ish boshlangan, 562 tonna urug‘lar tayyorlangan. Shuningdek, 100 gektar maydonda ko‘chatxona tashkil qilinmoqda ekan.

Mo‘ynoq tumaniga biriktirilgan Toshkent viloyati hokimligi — Zoir Mirzayev prezidentga taqdimot o‘tkazdi

Tashrifdagi eng yaxshi yangiliklardan biri — Orolbo‘yini birgalikda rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari muayyan viloyatlarga biriktirilgan. Tashrifning ilk kunida Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumani faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ikki soatdan oshiq vaqt davomida bo‘lgan mazkur yig‘ilishda Mo‘ynoq tumaniga mas’ul bo‘lgan Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev taqdimot qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shu o‘rinda Mo‘ynoqdagi ayni vaqtdagi holatga e’tibor qaratamiz. 1931-yilning 19-sentyabr kuni tashkil topgan ushbu tumanda bugungi kunda 33 ming kishi istiqomat qiladi. Shundan 12,2 ming nafari ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, 1,2 ming kishi vaqtincha ishsiz. 293 kishi ayni vaqtda chet elda ishlaydi. “Temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”da bugungi kunda 172 kishi bor. Tumandagi 18 ta maktabing 7 tasi ta’mirtalab, yana 10 tasida jihozlar yetishmaydi. 50 nafar o‘qituvchining ma’lumoti o‘rta-maxsus. Bundan tashqari, tumanda jami 28 ta bog‘cha bor, biroq Qiziljar va Bo‘zatov OFYlarda bog‘cha mavjud emas.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Endilikda hududda 20 dan ortiq loyihalar amalga oshiriladi, bir necha ming ish o‘rni yaratiladi. Bunda infratuzilma yanada yaxshilanib, istirohat bog‘lari, maktab, kutubxona, sanatoriy va bolalar oromgohi quriladi. Shuningdek, prezident Toshkentdan tibbiyot sohasi vakillari Qoraqalpog‘istonga kelib ishlasa, ularning oylik maoshiga 100 foiz ustama haqi to‘lanishini aytdi. Tibbiyot xodimlari Mo‘ynoqqa kelib ishlasa, ularning ustama haqi ikki baravar bo‘ladi. Toshkent viloyati mazkur yo‘nalishda 32 milliard so‘m ajratishi ma’lum qilindi.

Davlat rahbari Mo‘ynoq aeroporti haqida gapirib, “endi haftada ikki marta Toshkent—Mo‘ynoq—Nukus yo‘nalishida parvozlar bo‘lishini” aytdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kichik bir tumanga qaratilayotgan e’tiborni ko‘rib hayron qolasan kishi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishganidan so‘ng bu kabi ishlar bo‘lganmidi? Prezident ko‘p bor ta’kidlaganidek, “qilsa bo‘lar ekan”. Davlat rahbari avvalgi yillarda ham, bu galgi tashrifda ham bir narsani aytgan — “Madaniyat Mo‘ynoqdan boshlanishi kerak”. O‘zbekistonning birinchi raqamli borti Mo‘ynoq aeroportiga qo‘nganining o‘zi bir ajoyib yangilik bo‘ldi, endilikda amalga oshiriladigan ishlar esa e’tirofga loyiq.

Qoraqalpog‘istonda qurilishiga tamal toshi qo‘yilgan shamol elektr stansiyasi va hamkorlarning e’tirofi

24-fevral kuni erta tongdan Beruniy tumani tomon yo‘l oldik. Bu yerda prezident tuman faollari va hamkorlar bilan uchrashishi rejalashtirilgan edi. Yig‘ilish avvalida davlat rahbari quvvati 100 MVt bo‘lgan Qorao‘zak shamol elektr stansiyasi qurilishini boshlash uchun tamal toshini qo‘ydi. Davlat rahbari mazkur loyihaga Qoraqalpog‘istonning havosi ham foyda berishi aniqligini aytdi.

Kollaj: “Daryo”

“Necha yillar davomida bu yer energetika tanqisligini boshdan kechiryapti. Nega biz bunga ko‘p e’tibor beryapmiz? Agar biz katta korxonalar qurmoqchi bo‘lsak, keladigan investor ham infratuzilmang bormi, gazing, suving, yo‘ling, temiryo‘ling, aeroporting bormi, deb so‘raydi. Korrupsiya bo‘lmaydimi, deb savol beradi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uchrashuvda hamkorlar ham o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Saudiya Arabistonining Acwa Power kompaniyasi direktori, ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakili so‘zga chiqdi va ular O‘zbekistonga ishonchi yuksak ekanini qayd etishdi.

Acwa Power kompaniyasi direktori Muhammad Abunayanning ta’kidlashicha, O‘zbekiston elektr tarmog‘idagi o‘zgarishlar, transformatsiyani olib kirish bo‘yicha ishlar nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun O‘rta Osiyoda energetika tizimiga o‘zgarish olib kiradigan loyiha hisoblanadi.

“ACWA POWER” kompaniyasi direktori Muhammad Abunayan

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Biz Acwa Power kompaniyasi dunyoning 13 ta mamlakatida faoliyat yuritar ekanmiz, lekin faqat O‘zbekistonda davlat xususiy sherikchiligi asosidagi loyihaning tez, unumli suratda, haqqoniy ravishda shaffoflikka asoslangan yondashuv asosida amalga oshirilayotganini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik. Shuning uchun ham biz 2,9 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan investitsiyamiz bilan kirib kelmoqdamiz. Biz sizning olib borayotgan ishlaringizga ishonamiz”, — dedi u.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos bugungi kunda bankning O‘zbekistonda 60 dan ziyod loyihalar borligi, ularning umumiy qiymati 2 milliard yevrodan oshishini ta’kidladi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tan olish lozim, bu loyiha har tomonlama xavfsiz, ekologik toza va foydali bo‘ladi. Ushbu loyihaning aynan Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgani ham e’tiborga molik jihat.

“Chimboy guzari” mahallasida oqsoqollar bilan samimiy suhbatlashgan prezident, Nukusga biriktirilgan Toshkent shahar hokimligining taqdimoti va hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar

Shavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni turli hududlarga tashrif buyurdi. Xususan, prezidentning e’tiborga molik tashrifidan biri Nukus shahridagi “Chimboy guzari” mahallasidagi Ko‘ktepa ko‘chasida yashovchi Gabit Jusupov xonadonida oqsoqollar bilan samimiy suhbati bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Telegram kanalida shu holatdagi suratni e’lon qilganida beixtiyor bizning yuzimizga ham tabassum yugurdi (avvalroq ta’kidlaganimizdek, manzillar ko‘pligi bois bizning guruhimiz boshqa joyda edik). Davlat rahbarining fuqarolar bilan suhbatlari hamisha qiziqarli kechgan.

“Sizlarning mahallalaringizda bo‘lgan ishlarni o‘zim ko‘rdim. Nukusning atrofida yana shunday yettita mahalla bor ekan. Mahallalarining transformatorini, yo‘lini, suvini to‘g‘rilash bo‘yicha hisob-kitob qilib berishdi, ularga pul berdim. Prezident bu yerga keldi, endi natija bo‘lsin, deb mas’ullarga topshiriq berdim. Ishga joylashgan qizlarimiz bilan ko‘rishib, suhbatlashdim. Ularning kayfiyatini ko‘rib, o‘zim ham xursand bo‘ldim”, — deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.

Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida ish boshlagan plastik eshik va romlar korxonasini ham borib ko‘rdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shu yerning o‘zida davlat rahbariga Nukus shahrini 2022-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi taqdimoti ham o‘tkazildi. Ma’lumot uchun, Toshkent shahar hokimligi Nukus shahriga biriktirilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot” dasturida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hududning drayveri — oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati, turizm. Shu asosda Nukus shahrini 2022-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 1 trillion 361 milliard so‘mlik 10 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida qo‘shimcha 3 mingta ish o‘rni yaratiladi. Xususan, logistika xizmati, qizilmiya ildizini qayta ishlash, mehmonxona tarmoqlari, zamonaviy texnologiyalar asosida mebel ishlab chiqarish va paxta to‘qimachilik klasterlari kabi loyihalar amalga oshirish maqsad qilingan.

Bundan tashqari, Nukus shahrida sayilgohlar, 39 ta ko‘p qavatli uylarning 45 ming 877 kvadrat metr qismi ta’mirlanadi. Oltita bolalar maydonchasi, sakkizta “street work out” maydonchasi, 7070 kvadrat metr velosiped yo‘laklari qurilib, 6000 kvadrat metr rangli bruschatkalar o‘rnatiladi.

“Axborot” ko‘rsatuvida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda Qoraqalpog‘istonning to‘rtta tumanida Yangi O‘zbekistonda massivlari qurilishi boshlanadi. Qorao‘zak, Kegeyli, Qonliko‘l va Qo‘ng‘irot tumanlarida zamonaviy yashash majmualari qat ko‘taradi, 5 qavatli 30 xonadonli uylar barpo etiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 24-fevralning o‘zida Nukus shahridagi investitsiya loyihalari situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida prezidentga Andijon, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyati hokimlari o‘zlariga biriktirilgan tumanlarga tadbiq etish uchun ishlab chiqqan loyihalarni taqdim qilishgan.

Shunday qilib Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi o‘z yakuniga yetdi.

Muallif:Og‘abek Samisov

Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
48
0
qalampir.uz

AQSHdagi avtohalokatda o‘zbekistonlik trak haydovchisi halok bo‘ldi

AQSHdagi I-10 avtomagistral yo‘lida harakatlanayotgan 18 g‘ildirakli yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi va oqibatda o‘zbekistonlik 38 yoshli haydovchi Jamoliddin Tohirov halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.  “Jamol aka qarindoshim. Vatanga qaytmoqchi edi, avgust-sentyabr oylarida qaytishni rejalashtirayotgandi. O‘zbekistonga qaytib buvimni duolarini olib kelaman, deb yurgandi. Har kuni gaplashardik, lekin so‘nggi 2-3 kun aloqa qilmadi

11 Jul 17:52
 
82
0
xs.uz

Qozogʻiston AQSH sanksiyalari tufayli Rossiya qimmatli qogʻozlaridan qutula boshladi. Moskva bunga qanday munosabatda?

Qozogʻiston depozitariysi Rossiya qimmatli qogʻozlari egalarini 10-avgustgacha ularni mamlakatdan olib chiqishga chaqirdi. Bu haqda 11-iyul, payshanba kuni mamlakat depozitariysining tavsiyasi bilan xat orqali maʼlum qilingan.Qimmatli qogʻozlarni olib qoʻyish boʻyicha hujjatda koʻrsatilgan muddatlar toʻgʻridan-toʻgʻri Vashington tomonidan 12-iyunda Milliy hisob-kitob depozitariysi va Moskva birjasiga qarshi joriy qilingan sanksiyalarga tegishli.'Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitari

11 Jul 15:12
 
160
0
xs.uz

Turkiya Qora dengizning strategik urush maydoniga aylanishiga yoʻl qoʻymaydi

Turkiya Qora dengizning harbiy amaliyotlar maydoniga aylanishiga ruxsat bermaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Yashar Gyuler 'Politico' gazetasiga bergan intervyusida vaʼda berdi.'Biz Qora dengizning strategik urush maydoniga aylanishiga yoʻl qoʻymaymiz', dedi siyosatchi.Uning qoʻshimcha qilishicha, Turkiya hozirda Rossiya va Ukrainani yuqori darajadagi muzokaralarda birlashtirishga muvaffaq boʻlgan yagona davlatdir.Gyuler, shuningdek, Turkiya Ukrainadagi mojaroda muvozanatli pozitsiyan

11 Jul 15:12
 
80
0
xs.uz

Zelenskiy Baydendan Rossiyaga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni olib tashlashni talab qilmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Baydenni Rossiya hududiga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda 'Neue Zhtml5-dom-document-internal-entity1-uuml-endrcher Zeitung' nashri yozmoqda.Nashrga koʻra, u Baydendan Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga Gʻarb qurollari bilan hujum qilish uchun barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qilgan.Maqolada Zelenskiy Ukraina bu qadamni kutayotgani qoʻshimcha qilingan. Izohlanishicha, Rossiya hud