calendar 25 Feb 15:10
eye 47
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekistonda 2021-yilda oliy va professional ta’lim muassasalarida 16,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklar aniqlandi

image

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Salohiddin Toshmatov ichki audit xizmati faoliyatining yillik natijalari sarhisobini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ichki audit xizmatlari tomonidan tizimdagi 479 ta ta’lim muassasasi, jumladan, 56 ta oliy ta’lim hamda 423 ta kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida moliyaviy faoliyatga doir monitoring va profilaktika tadbirlari o‘tkazilgan. Natijada

  • 49 ta oliy ta’lim muassasalarida 9,4 milliard so‘mlik,
  • 253 ta professional ta’lim muassasalarida 7 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

Jami 16,4 milliard so‘mning 11,4 milliard so‘mlik maqsadsiz va ortiqcha xarajatlarining oldi olingan. 2,3 milliard so‘mlik ortiqcha hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yana boshqa turdagi harajatlar keyingi oylarda hisob-kitob qilish uchun undiruvga qaratilgan.

2 ta oliy ta’lim hamda 10 ta kasbiy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan profilaktika tadbirlarida aniqlangan 2,7 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarda jinoyat alomatlari mavjudligi sababli o‘rganish materiallari rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish va qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuborilgan.

Yuqorida aytib o‘tilgan moliyaviy qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ul xodimlarning 161 nafariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. 46 nafari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi

Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)

04 Apr 16:20
 
63
0
xs.uz

2025-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan hindistonliklar soni deyarli 50 foizga oʻsdi

2025-yilning yanvar-fevral oylarida Hindistondan Oʻzbekistonga 10,3 ming nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,3 ming nafarga yoki 47,4 foizga koʻpni tashkil etmoqda.Turistlar tashrifi turli maqsadlarga asoslangan boʻlib, ularning eng koʻp qismi sayohat qilish uchun kelgan. Xususan, 5 ming 310 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu e