calendar 23 Feb 21:10
eye 56
comments 0
comments Manba: daryo

Foto: Toshkent metropolitenida ilk marotaba ochilgan ona va bola xonasi hamda hojatxona

image

Toshkent metropolitenida 23-fevraldan boshlab ona va bola xonasi hamda hojatxona foydalanishga topshirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Bugun, 23-fevral kuni Toshkent metropolitenining “Chilonzor” bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

“Underground servis” MChJ xodimi Tanzila Yusupovaning so‘zlariga ko‘ra, hojatxona hamda ona va bola xonasidan foydalanish narxi 1 500 so‘mni tashkil qiladi.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Uning ta’kidlashicha, hojatxona sinov tariqasida qurilgan bo‘lib, kelgusida gavjum, yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan “Paxtakor”, “Buyuk ipak yo‘li” va boshqa bekatlarda qurilishi rejalashtirilgan.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, nogironligi mavjud fuqarolar, Chernobil falokati ishtirokchilari, Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va Yoshlar Ittifoqi yetakchilari hamda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar metropoliten hojatxonasidan bepul foydalanishi mumkin.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Eslatib o‘tamiz, “Daryo”da Toshkent metropolitenida sodir bo‘layotgan nosozliklar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, qulaylik va kamchiliklar to‘g‘risidagi “Kassalarda navbat, tibbiy yordam ololmaysan, bekatlarni nomi emas, o‘rindiqlariga qarab ajratasan. Toshkent metrosiga nimalar yetishmayapti?” sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Toshkent metropoliteni maqolaga munosabat bildirgan. Unda “Chilonzor” metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurish ishlari olib borilayotgani, agarda bu o‘zini oqlasa, boshqa bekatlarda ham amalda tatbiq etilishi aytilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi

Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo

21 Apr 08:34
 
331
0
xs.uz

“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi

Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar

18 Apr 11:08
 
45
0
xs.uz

AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi

AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc

16 Apr 09:12
 
30
0
xs.uz

YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit