calendar 12 Jan 11:11
eye 62
comments 0
comments Manba: daryo

Lochin ovi chempionati, buzilish xavfi ostidagi to‘g‘on, qutbdagi ilk tong. 11-yanvar suratlari

image

ÒDunyoning turli nuqtalarida 11-yanvar kuni olingan suratlarni taqdim etamiz.

Saudiya Arabistonida o‘tayotgan Dakar-2022 rallisining 8-bosqichida o‘zining Honda mototsiklida qatnashayotgan amerikalik bayker Rikki Brabek.

Foto: AFP

Hamid Olimjon metro bekati yaqinida odamlardan qo‘rqib uchib ketayotgan bir gala qushlar.

Foto: “Daryo” / Xonzodabegim A’zamova

Qozog‘istondagi tartibsizliklardan ko‘rilgan iqtisodiy zarar 2-3 milliard dollarga baholanmoqda.

Foto: Getty Images

“Ko‘ylakda bo‘lsam ham, velosipedda yaxshi uchaman”. Samarqand ko‘chasida velosipedda uchib yurgan qizaloq.

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Hindistonda koronavirus tahlili uchun namuna topshirayotgan ayol. 20 milliondan ortiq COVID-19 aniqlangan mamalakatlar qatorida AQSh, Hindiston va Braziliya bo‘lib turibdi.

Foto: “TASS”

Samarqand shahridagi mahallalarning birida darvozadan ko‘chaga qarab turgan bolakaylar.

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Braziliya rasmiylari kuchli yomg‘ir tufayli Para-de-Minas shahrida to‘g‘on buzilishi xavfi borligini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Samarqand mahallalarida o‘ynab yurgan jajji qizaloqlar.

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Dubayda lochin ovi bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: EPA

2022-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarining talismasi Pekindagi bog‘da paydo bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Kosta-Rikada yashovchi Nikaragua fuqarolari 14 yildan beri hokimiyat tepasida turgan prezident Daniel Ortegaga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Prezidentlik saylovlari 2021-yil 7-noyabrda bo‘lib o‘tgandi, unda Ortega ketma-ket to‘rtinchi muddatga qayta saylangan.

Foto: EPA

Bavariyadagi Andechs monastiri.

Foto: “TASS”

Londonda PS752 reysidagi samolyot halokati qurbonlari xotirlandi. 2020-yil 8-yanvar kuni erta tongda Ukraina xalqaro aviakompaniyalarining yo‘lovchi samolyoti Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, halokatga uchradi. Bortda 168 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Rubi laqabli ikki oylik kuchukcha Qrimdagi Simferopol aeroporti xavfsizlik xizmati xonasida muolaja olmoqda.

Foto: “TASS”

Murmanskda qutb kechasidan keyingi birinchi tongni kuzatishga chiqqan odamlar. Shimoliy qutbda qish kunlari bir muddat quyosh ufqdan ko‘tarilmaydi. Yoz faslida esa aksi — quyosh ufqqa yaqinlashadi, lekin botmaydi.

Foto: “TASS”

Chilining Ikike shahri tepaliklarida joylashgan Laguna-Verde lagerida yong‘in davom etmoqda. Qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan hududda 100 ga yaqin uy alanga ichida qoldi.

Foto: AFP

Xitoyning Shenyang shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari konkida uchish musobaqasida qatnashmoqda.

Foto: Getty Images

Nortgemptonshirdagi Blekgroundsda HS2 arxeologik qazishmalari paytida topilgan Rim ma’budasining haykali.

Foto: PA

Frankfurtdagi avtomagistralda tezlikni cheklash belgilari ostidan o‘tayotgan transportlar.

Foto: PA

Kuvayt shahridagi tuman. Fotosurat Hamro osmono‘par binosidan olingan.

Foto: AFP

Murmanskdagi tundra yuqorisida osmon bo‘ylab tarqalgan shimol yog‘dusi.

Foto: “TASS”

Hindistonning Ollohobod shahridagi Magh Mela festivali oldidan COVID-19 tahlil markazida navbat kutayotgan politsiya xodimlari.

Foto: AFP

Hindiston nazoratidagi Kashmirning Srinagar shahri chekkasida qor bilan qoplangan daladan suv idishini ko‘tarib o‘tayotgan ayol.

Foto: Reuters


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
58
0
xs.uz

Eynshteynning mashhur surati rekord narxga sotildi

Bu surat 1951-yil 14-martda fotograf Artur Sass tomonidan olingan. Oʻsha kuni Eynshteyn oʻzining 72 yoshini nishonlagan, ziyofat tugagach, u doʻstlarining uyiga olib borib qoʻyish taklifidan foydalangan. Olim avtomobilga oʻtirishi bilanoq, reportyor undan suratga tushishni soʻragan. Kameralardan charchagan olim buning oʻrniga tilini koʻrsatgan ' shu tariqa ramziy kadr paydo boʻlgan.Keyinchalik Eynshteyn gazetada ushbu suratni koʻrib, imzo chekish va doʻstlariga sovgʻa qilish uchun un

22 Mar 08:54
 
41
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

18 Apr 11:08
 
26
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem