O‘zbekistonda oltinni qanday sotib olish mumkin va 2022-yilda bu yaxshi investitsiya bo‘la oladimi?

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri oltin narxi keskin oshdi va hatto bir unsiya uchun 2000 dollarlik tarixiy rekordni yangiladi.
Ammo 2021-yilning o‘zidayoq qimmatbaho metallga bo‘lgan qiziqish so‘na boshladi va 2022-yil yanvar oyiga kelib oltinning bir unsiyasi 1800 dollarga baholanmoqda.
Mutaxassislarning prognozlari har xil. JP Morgan Chase & Co. iqtisodiyot tiklanishi bilan oltin narxi pasayib, bir unsiya uchun 1631 dollargacha tushishini aytadi. Shunga o‘xshash fikrni boshqa ko‘plab mutaxassislar ham bildirishgan:
Ayni damda oltinga ishonch katta deb aytolmayman. To‘g‘risi, bitkoin yoki ko‘chmas mulkdan, menimcha, ko‘proq foyda bor, — deydi Piper Sandler’ning katta tahlilchisi Kreyg Jonson.
Biroq oltinni “himoya” qilayotganlar ham bor. BlackRock Inc. fikriga ko‘ra, bu yil metall narxi real foiz stavkalari, dollar dinamikasi va “himoya” aktivlariga bo‘lgan talab kombinatsiyasi hisobiga oshishi mumkin.
Bundan tashqari, iqtisodiy beqarorlik davrida odatda oltin narxi ko‘tariladi.
Biz AQSH, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi munosabat tebranishlari, shuningdek, Yaqin Sharqdagi voqealar sariq metallga bo‘lgan ishtahani yana ochib yuborishi mumkinligiga ishonamiz, — deydi “Aton” tahlilchilari.
O‘zbekistonda oltin sotib olishning qonuniy tartibi
Oltin sotib olish imkoniyati paydo bo‘lganiga uncha ko‘p bo‘lmadi — 2018-yilda tangalar, 2020-yilda esa metall quymasi hamda suvenir to‘plamlar sotuvga qo‘yildi.
Ularning barchasi mahalliy 999 standartidagi oltindan tayyorlangan. Butun respublika bo‘ylab banklarda sotiladi.
Talab bor. Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bobir Abubakirovning aytishicha, 2021-yil sentabr oyiga qadar o‘zbekistonliklar 5100 ta quyma oltin va 2500 ta tanga sotib olgan. Aholi tomonidan sotib olingan oltinning umumiy hajmi 168,6 kilogrammni tashkil etadi.
Tangalar
Sotuvga 15, 20, 31 va 31,1 grammlik esdalik tangalar qo‘yilgan. Narxlar kun sayin o‘zgarib turadi, joriy narx bilan Markaziy bank sayti orqali tanishish mumkin. Ushbu maqola nashr qilingan vaqtda tangalar narxi 9,6 mln so‘mdan 20 mln so‘mgacha bo‘lgan.
Quyma oltinlar
Ular to‘rt ko‘rinishda taqdim etiladi — 5, 10, 20 va 50 grammlik. Ularning narxi 3,2 mln so‘mdan 32,3 mln so‘mgacha.
Suvenir to‘plamlar
Ular beshta oltin tangadan iborat. Ikki ko‘rinishda taqdim etiladi — 20 va 31,1 grammlik. Birinchisining narxi — 64,6 mln so‘m, ikkinchisi — 100,4 mln so‘m.
Joriy narxlar bilan regulyator veb-sayti hamda Telegram kanali orqali tanishish mumkin.
Oltinni saqlash va undan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Quyma oltinlar, tangalar va suvenir to‘plamlar aholi unda o‘z jamg‘armalarini saqlashi yoki investitsiya sifatida foydalanishi uchun ishlab chiqariladi.
Markaziy bank ushbu mahsulotlarning sirti zararlanib qolmasligi uchun bankdan sotib olingan vaqtdagi qadoqlarida saqlashni tavsiya qiladi.
Tangalar va quyma oltinlarni faol kimyoviy birikmalarni o‘z ichiga olgan maishiy kimyoviy vositalar, kosmetik vositalar va dori darmonlarga yaqin joyda saqlash mumkin emas. Ayniqsa, ularni xlorkalar, yod va simob yaqinida saqlash xavfli.
Tangalarni banknot yonida ham saqlab bo‘lmaydi, chunki undagi bo‘yoqlar va qog‘ozida oltingugurt birikmasi mavjud, bu esa qimmatbaho metallning sirti qorayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Oltinni istalgan vaqtda bankka qayta sotish mumkin.
Nurafshonda “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” ochildi
Ikki kun davom etadigan yarmarkada poytaxt viloyatidan 300 dan ziyod sanoat korxonalari 2,5 ming turdan ortiq, shuningdek, boshqa viloyatlardan kelgan 50 nafarga yaqin tadbirkorlar o'z mahsulotlari bilan qatnashayotir.Tadbir doirasida viloyat hokimi va tizim mas'ullari ishtirokida tadbirkorlar uchun sayyor qabul ham tashkil etildi. Unda tijorat banklari tomonidan loyihalar uchun kredit mablag'i ajratish, soliq to'lovlari, yer-kadastr, investitsiya yo'naltirish kabi ko'plab masalalar yuzasidan yu
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda
Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (RC COP-12) boshlandi. Ushbu anjuman Bazel konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn yettinchi yigʻilishi (BC COP-17) va Stokgolm konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (SC COP-12) bilan ketma-ket tarzda 9-maygacha davom etadi.'Yashirin narsalarni koʻrinarli qilish: kimyoviy moddalar va chiqindilarni oqilona boshqarish' mavzusida oʻtayotg
Dollar kursi tushishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,20'soʻmga'tushib,'12 915,00'soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'25,24'soʻmga'pastlab,'13'957,24'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,97 soʻmga'oshdi va'153,55 soʻmni'tashkil qildi.