calendar 05 Dec 12:40
eye 48
comments 0
comments Manba: sof

​​«Yangi O'zbekiston» massivlari qurilishi uchun 2022 yilda 16 trln so'm ajratiladi — Shavkat Mirziyoyev

image

O'zbekiston bo'ylab 2022 yil davomida quriladigan «Yangi O'zbekiston» turar joy massivlari soni 22 tadan 29 taga ko'paytirildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni ipoteka va qurilish materiallari masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida maʻlum qildi.

Prezident 30 noyabr kuni yangi massivlar qurilishiga doir taqdimot bilan tanishgan edi. Taqdimot chog'ida 2022 yilda 22 ta yangi massiv qurilishi maʻlum qilingan edi. Taqdimot haqidagi rasmiy axborotlarda «massivlarni infratuzilmaga ega joylarda qurish haqida ko'rsatma» berilgani taʻkidlangan bo'lsa-da, qurilish vazirining birinchi o'rinbosari Davronjon Odilov davlat rahbari massivlarni «viloyatlarning eng uzoq, eʻtibordan chetda qolgan hududlari»da qurib, u yerlarga «infratuzilma, taraqqiyot olib kirish kerak»ligini uqtirganini aytib o'tgan edi.

Shavkat Mirziyoyev 2 dekabrdagi videoselektor davomida «Yangi O'zbekiston» massivlarini qurish dasturi loyihasi qayta ko'rib chiqilgani va unga ayrim o'zgartishlar kiritilganini maʻlum qildi. Xususan, massivlarni qurish uchun «eng og'ir tumanlar tanlangan, massivlar soni ham 29 taga ko'paytirilgan». «Bu juda katta mablag' — 16 trillion so'm. Shuni xalqqa halol yetkazsak, natijasi mutlaqo boshqacha bo'ladi», — dedi prezident videoselektor davomida. Mirziyoyevning qo'shimcha qilishicha, «massivlar bilan birga ish-joy bilan ham taʻminlansa, bu odamlarni rozi bo'lishga daʻvat qiladi».

Qayd etish joiz, prezident 30 noyabrdagi taqdimot chog'ida ham «eng katta maqsadi — massivlarda kichik sanoat zonalari, tadbirkorlik subʻyektlari tashkil etish orqali kamida 50 ming ish o'rni yaratish» ekanini maʻlum qilgan edi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev har bir yangi massivda kamida 1000 ta xonadon (kvartira) bo'lishi maqsadga muvofiqligi, massivlar aholisi uchun ular yaqinidan 15 gektardan qishloq xo'jaligi yerlarini ajratish zarurligini taʻkidlagandi.

O'zbekistonning har bir hududida barcha iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega «Yangi O'zbekiston» mavzelarini qurish haqida dastlab Shavkat Mirziyoyevning 2021 yilgi prezident saylovi oldidan saylovchilar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlarida so'z bor edi. 2 noyabrdagi videoselektorda esa butun mamlakat bo'ylab «Yangi O'zbekiston» massivlari qurilishi, bu orqali keyingi besh yil ichida 250 mingdan ziyod xonadon qurilishi rejalashtirilgani bildirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
42
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

YPH faoliyatidan

Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus batalyon alohida safarbar otryadi YPX inspektorlari – kichik serjant Sherzod Topkanov va safdor Odil Toshquvvatov ichki ishlar organlarida 5 yildan buyon xizmat qilishmoqda. Poytaxtimizning Cho‘lpon va Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chalarida o‘tkir nigoh ila yo‘llarda harakat xavfsizliginii ta’minlayotgan kichik serjant Sh. Topkanov va safdor O. Toshquvvatov qoidabuzarlarga nisbatan chora ko‘rmoqda. Bular orasida spirtli ichimlik is

20 Mar 12:54
 
51
0
xs.uz

Barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati arzonladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 20-mart kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,17 soʻmga tushib, 12 926,51 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 72,09 soʻmga pasayib, 14 092,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,80 soʻmga tushdi va 156,00 soʻmni tashkil qildi.