calendar 04 Dec 11:10
eye 41
comments 0
comments Manba: daryo

Dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev 67 yoshida vafot etdi

image

O‘zbek dublyaj sohasida sermahsul ijod qilgan Sanjar Sa’dullayev 4-dekabr kuni tongda kasalxonada vafot etdi. Janoza “Minor” masjidida peshin namozidan keyin o‘qiladi, deya “Daryo”ga xabar berdi aktyor Sanjar Sattorov.

Foto: Instagram

Eslatib o‘tamiz, aktyor 1954-yilning 10-iyul sanasida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat teatr va sa’nat institutining drama va kino aktyorligi bo‘limida tahsil olgan.

Sanjar Sa’dullayev o‘zbek dublyaj san’atining eng taniqli va eng reytingi baland aktyorlaridan hisoblanardi. Uni muxlislar sirli aktyor deya ta’riflashgan. Chunki u ba’zi san’at sohasi vakillaridan farqli o‘laroq, o‘zini ommadan uzoq tutishga harakat qilgan, kameralar qarshisiga chiqmagan va intervyu bermagan.

Sanjar Sa’dullayev bugunga qadar 1000 dan ortiq filmlarga ovoz bergan. Jumladan “Qashqirlar makoni” (Po‘lat Alamdar), “Qish sonatasi” (Junsang), “Ichkarida” (Komissar Yusuf, Sarp, Hasan qizil yanoq), “Sevgi iztirobi” (Kamol), “So‘yla, Qoradengiz” (Vedad) kabi yuzlab seriallar va badiiy filmlardagi bosh qahramonlar obrazini gavdalantirgan. Qolaversa, u hind filmlarida Bollivud qiroli aktyor Shohruhxonga doimiy ravishda ovoz berib kelgan.

Ijodkorning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
27
0
xs.uz

Sirdaryo — Kvansan-Gu biznes forumi boʻlib oʻtdi

Ahmadali ShERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Sirdaryo ' Kvansan-Gu biznes forumi boʻlib oʻtdi.Guliston shahridagi 'Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi'da boʻlib oʻtgan forumning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Janubiy Koreyaning Kvandju shahri Kvansan-Gu tumani hokimi Pak Byung Kyu, Koreya-Oʻzbekiston biznes assotsiatsiyasi (KUBA) raisi oʻrinbosari Kim Chang Keon ishtirok etdi.Taʼkidlandiki, Oʻzbekiston va Janubiy Koreya davlatlari oʻrtasi

10 May 13:30
 
16
0
postda.uz

SEKTOR RAHBARI MONOMARKAZDA

Qashqadaryo viloyati 3-sektori rahbari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, kasbga tayyorlash, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni o‘rgatish o‘quv kurslari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, hunar o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi. Yoshlarga hunar o‘rganish davomida har bir dars mashg‘ulotini qunt bilan o

10 May 13:30
 
30
0
postda.uz

QO‘ShALOQ TADBIR

IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7535-harbiy qismda yigitlik burchini o‘tab, Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilayotgan askarlar orasida test sinovlarini a'lo baholarga topshirgan, xizmati davomida yuqori natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga tavsiyanomalar berish hamda kuzatuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda qism komandiri so‘zga chiqib, muddatli harbiy xizmatchilarga Vatan himoyasi, el tinchligi yo‘lida bedor o‘tkazgan tunlari, o‘z burchlarini sharaf bilan ado etganlikla

11 Apr 14:01
 
37
0
xs.uz

Xitoyning CNNC kompaniyasi bilan hamkorlikda uran ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda

Temur Eshboyev/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib, soʻnggi yillarda har ikki tomon manfaatlariga xizmat qiluvchi togʻ-kon sanoati va geologiya-qidiruv sohasida ham yangi-yangi istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.Xususan, 'Navoiyuran' davlat korxonasi va Xitoyning Milliy yadro korporatsiyasi bilan yoʻlga qoʻygan oʻzaro hamkorlik aloqalari mamlakatimizda uran sanoati rivojida yana bir muhim qadam boʻlishi kutilmoqda.Xitoyn