calendar 03 Dec 03:11
eye 43
comments 0
comments Manba: daryo

Foto: Sayyohlar e’tiborini jalb etuvchi dunyo shaharlari arxitekturasining o‘ziga xosliklari

image

Zamonaviy shaharlar kosmik tezlikda rivojlanmoqda. Ko‘p qavatli binolarda barpo etilgan bog‘lar, rang-barang shaharlar, hayratlantiruvchi ko‘priklar va balandlikda joylashgan hovuzlar buning isboti. Yaxshiyamki, zavqlanish hamda foydalanish uchun ajoyib binolarni yaratadigan mutaxassislar bor.

Shahar gullari – Isroil

Foto: AdMe

Ushbu jonli qurilmalar Quddusdagi Vallero maydonida o‘rnatilgan. Ular eski shahar hududlarini yangilash loyihasining bir qismidir. Arxitektorlar tomonidan o‘ylab topilgan bu gullar har safar odamlar uning ostidan o‘tganda ochiladi, hech kim bo‘lmasa, so‘lib qoladi. Maydon gullar bilan yanada go‘zal ko‘rinishga ega bo‘lgan.

Qizil eshiklar – Shotlandiya

Foto: AdMe

Shotlandiyada ko‘pincha kirish eshiklari qizil rangga bo‘yalgan. Shunday qilib, uy egalari to‘lovni to‘liq to‘lagani va ushbu turar joyning huquqli egasiga aylangani haqida xabar beradi.

Polsha va Litva o‘rtasidagi portal

Foto: AdMe

Polshaning Lyublin shahri va Litva poytaxti Vilnyus aholisi endi raqamli portal orqali bir-birining hayotini kuzatishi mumkin. Bu doimiy ravishda mamlakatlar o‘rtasida translyatsiya qiluvchi kameraga ega katta dumaloq ekran. Loyiha ijodkorlari kelajakda bunday portallarni butun dunyo bo‘ylab o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Uylar devoridagi ulkan freska – Meksika

Foto: AdMe

Meksikaning kichik Pachuka shahri uzoq vaqtdan beri xavfli joyga aylangan. U yerda qashshoqlik va jinoyatchilik avj olgan, bu mahalliy aholining hayotida aks etdi. Ammo bu bir guruh faollarga yoqmadi va ular mahalliy hokimiyatni shaharga yangi hayot kiritishga ko‘ndirdi. 200 ga yaqin ko‘p qavatli xaroba uylar iste’dodli ko‘cha rassomlari tomonidan san’at asariga aylantirildi.

Marketxol – Niderlandiya

Foto: AdMe

Marketxol ham turar joy, ham ofis binosi bo‘lib, uning asosiy xususiyati yopiq bozor maydonidir. Loyiha ot taqasi shaklida yaratilgan bo‘lib, uning ichki qismi xarid qilish joylari uchun tom vazifasini bajaradi.

Zamonaviy kutubxona – Xitoy

Foto: AdMe

Xitoyning Tiyaszin Binxay kutubxonasi madaniy shahar hududini yaratish bo‘yicha yirik loyiha doirasida qurilgan. Sharsimon auditoriya va kaskadli kitob javonlarini o‘z ichiga olgan arxitektura obyektining maydoni 33 700 kvadrat metrni tashkil etadi.

Juyi ko‘prigi – Xitoy

Foto: AdMe

Uzunligi 100 metr, 140 metr balandlikda joylashgan ko‘prik 2019-yilda qurilgan. Loyiha shu qadar ajoyib ediki, dastlab ko‘plab sayyohlar ushbu tuzilmaning mavjudligiga shubha qildi. Ammo tubsizlik ustidan osilgan ko‘prik haqiqat ekanligi ma’lum bo‘lgach, bu me’moriy mo‘jizani ko‘rishni istaganlarning soni ortdi. Ko‘prik muhim ijtimoiy funksiyani ham bajaradi. U sun’iy Juyi orolini materik bilan bog‘laydi, suv, gaz va elektr energiyasini uzatishga xizmat qiladi.

Royal mehmonxonasi – Singapur

Foto: AdMe

Royal mehmonxonasi Singapur markazida joylashgan bo‘lib, bog‘lar bilan bezatilgan. Manzara xuddi sehrlangan o‘rmondek taassurot qoldiradi.

Vertikal bog‘ – Ispaniya

Foto: AdMe

Madrid xiyobonlaridan biridagi vertikal bog‘ shaharning tashqi ko‘rinishini bezashdan ko‘ra insonlarning zavqlanishiga ko‘proq xizmat qiladi. Yam-yashil o‘simliklar gaz ifloslanishini kamaytiradi, havo namligi va kislorod darajasini oshiradi.

Samoviy hovuz – Buyuk Britaniya

Foto: AdMe

Sky Pool – Londondagi ochiq hovuz bo‘lib, u 35 metr balandlikdagi turar joy majmuasining ikkita obyekti orasida joylashgan. Ushbu uylarning aholisi Temza, Britaniya parlamenti va boshqa diqqatga sazovor joylarning ajoyib manzarasini tomosha qilib, suvda suzishlari mumkin.

Zavoddan parkka – Avstraliya

Foto: AdMe

Ushbu markaziy park Sidney chekkasida joylashgan. Bu bino avvallari pivo zavodi bo‘lgan, hozir esa ekologik toza turar joy binosiga aylandi. Uning yuzasida vertikal bog‘lar va o‘simliklar mavjud. Bino, shuningdek, kam uglerodli elektr stansiyasi va ichki suv aylanma inshooti bilan jihozlangan.

Daraxtdagi uy – Italiya

Foto: AdMe

Italiyaning Turin shahridagi turar joy binosi beton o‘rmon o‘rtasidagi haqiqiy vohaga o‘xshaydi. Unga 150 tup daraxt va boshqa ko‘chatlar ekilib, bino aholisining iqlim sharoitini yaxshilangan.

“Tropik orol” – Germaniya

Foto: AdMe

“Tropik orol” akvaparki Berlin yaqinida joylashgan. Bu maskanda haqiqatan yana ko‘p narsalar mavjud. U yerda sharsharalar, yam-yashil tropik bog‘lar, kichik orollar va ekzotik kulbalarni ko‘rish mumkin. Bu okeandagi haqiqiy orol inson tomonidan yaratilgan me’moriy mo‘jiza ekaniga ishonish qiyin.

Kanzas jamoat kutubxonasi – AQSh

Foto: AdMe

Kanzas kutubxonasi kitob javoni ko‘rinishida yaratilgan bo‘lib, uning balandligi 7-8 metr bo‘lgan 22 jilddan iborat. Bino bir vaqtlar bankka tegishli bo‘lgan, biroq keyinchalik rekonstruksiya qilish va kutubxonani bu yerga ko‘chirishga qaror qilingan. Shahar aholisiga yangilangan obyektning bezagi va faxriga aylanadigan adabiy asarlarni tanlash taklif qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
33
0
xs.uz

Buyuk Britaniya ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz qoʻshinlarini Ukrainada besh yilgacha joylashtirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda

Britaniya ittifoqchilar tomonidan muhokama qilinayotgan rejalar asosida Ukrainaga besh yil davomida qoʻshin kiritish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqida 'The Telegraph' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, Ukraina hududiga qoʻshin kiritish mamlakatga qilinishi mumkin boʻlgan yangi bosqinning oldini olishi hamda Ukraina armiyasini tayyor holatga keltirish va qayta shakllantirishga yordam beradi.Ukraina hududiga kiritilishi mumkin boʻlgan qoʻshinlarning aniq soni haqida hech qanday ma

16 Apr 15:12
 
52
0
xs.uz

AQSH moliya vaziri Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim qachon imzolanishini maʼlum qildi

AQSH moliya vaziri Skott Bessent shu hafta Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim imzolanishi mumkinligini aytdi.Uning taʼkidlashicha, tomonlar kelishuvlarga 'juda yaqin' va hujjat yaqin kelajakda imzolanishi mumkin. Vazir, shuningdek, oʻtgan hafta oxirida Kiyev vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelishuv boʻyicha yangi takliflar ilgari surilgani va muzokaralar hali ham davom etayotganini aytdi.Shu yilning 11-12-aprel kunlari Ukraina va AQSH oʻrtasida Ukraina resurslariga o

20 Mar 12:50
 
58
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg

21 Apr 08:34
 
21
0
xs.uz

Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish