calendar 27 Nov 05:40
eye 54
comments 0
comments Manba: sof

O'zbekiston va Qozog'iston Bosh vazirlari nimalarga kelishib olishdi?

image

Turkiston shahrida O'zbekiston Respublikasi va Qozog'iston Respublikasi o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning XIX yig'ilishi hamda Hududlararo hamkorlik III forumi bo'lib o'tdi.

Oxirgi besh yil ichida O'zbekistonda Qozog'iston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qariyb 6 barobar oshib, 1048 taga yetdi. O'zaro tovar ayirboshlash hajmi so'nggi 4 yilda qariyb 60 foiz o'sib, yiliga 3 milliard dollardan ziyodni tashkil etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning topshiriqlariga asosan Hukumatlar rahbarlari zimmasiga o'zaro tovar ayirboshlash hajmini 2022 yilda 5 milliard dollarga, keyingi 5 yilda esa 10 milliard dollarga yetkazish bo'yicha vazifa yuklatilgan.

Ushbu maqsadga erishish uchun qo'shma ulgurji tarqatish markazlarini yaratish loyihasini imkon qadar tezroq amalga oshirish kerakligi belgilandi.

Shuningdek, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika, yengil sanoat, mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda yirik qo'shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi «Yo'l xaritasi»ni qabul qilish muhim ahamiyatga ega.

Ikki davlat chegaradosh hududida tashkil etilayotgan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi (XSKM) mazkur yo'nalishdagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim nuqtaga aylanishi mumkin.

Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish ham ikki tomon uchun birdek manfaatlidir.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

04 Apr 16:20
 
63
0
xs.uz

2025-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan hindistonliklar soni deyarli 50 foizga oʻsdi

2025-yilning yanvar-fevral oylarida Hindistondan Oʻzbekistonga 10,3 ming nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,3 ming nafarga yoki 47,4 foizga koʻpni tashkil etmoqda.Turistlar tashrifi turli maqsadlarga asoslangan boʻlib, ularning eng koʻp qismi sayohat qilish uchun kelgan. Xususan, 5 ming 310 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu e

12 Apr 21:15
 
28
0
xs.uz

Dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.