Namanganda erkak o'zi gaplashib yurgan ayolning Malibu-2 sini yoqib yubordi

Namangan shahri Davlatobod tumanida 13 noyabr kuni Malibu-2 yonib ketgandi. Uni mast erkak yoqib yuborgani aniqlandi.
Viloyat IIBning bildirishicha, Malibu-2 avtomashinasida yong'in yuz bergani haqida xabar 13 noyabr kuni soat 04:00 larda kelib tushgan. Mashina 1989 yilda tug'ilgan ayolga tegishli bo'lgan. U mashinani uyi oldidagi avtoturargohga qo'ygan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surushtiruv tadbirlari davomida buni Namangan shahrida yashovchi erkak sodir etgani aniqlangan.
Foto: Telegram / @Namanganliklar
U ayol bilan 2021 yil mart oylaridan buyon tanish bo'lgan. O'rtalarida bo'lib o'tgan kelishmovchiliklar sababli fuqaro mast holatda 13 noyabr kuni soat 03:00 larda 10 litr hajmdagi yelim idishda benzin olib kelib, ayolga tegishli avtomashinani haydovchi tomon oynasini tosh bilan sindirib, benzinni avtomashina salonini ichiga sepib, yoqib yuborgan.
Viloyat IIB xabariga ko'ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. "Zamin" yangiliklarini "Facebook"da kuzatib boring
Qashqadaryoda qoʻlbola aroq ishlab chiqaruvchi yashirin sex aniqlandi
Qashqadaryoda fuqaro oʻz xonadonida yashirin sex tashkil etib, isteʼmolga yaroqsiz qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. fuqaro I.X.ning Shahrisabz tumani, 'Istiqbol' MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda isteʼmol
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida toʻqimachilik klasteri bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 'WBM Romitex' klasterining Andijon shahrida qurilgan yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.'WBM Fabrics' nomli ushbu korxona qayta ishlash zanjirining navbatdagi bosqichi. Umumiy qiymati 50 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, Italiya va Germaniyadan yuqori texnologik uskunalar keltirib o'rnatildi. Matoni bo'yash va gul solish yo'lga qo'yildi. Korxona yiliga 24 ming tonna shunday xaridorgir mahsulot tayyorlash quvvat
Endi “ChatGPT” barcha suhbatlarni eslab qoladi
Unga koʻra, endilikda chat-bot foydalanuvchi bilan boʻlgan barcha avvalgi suhbatlar tarixini eslab qoladi va shu asosda aniqroq javoblar beradi. Bu funksiya matn yozish, tavsiyalar yoki taʼlim jarayonlarida juda qoʻl keladi.Tizim yangi funksiya orqali insonning qiziqishlarini tahlil qilib, shaxsiylashtirilgan javoblar taqdim eta oladi. Bu imkoniyat 2025-yil 10-apreldan boshlab 'Plus' va 'Pro' obunachilari uchun amal qilishni boshlagan.Taʼkidlash joiz, hozircha bu yangilanishdan Yevropa Itti
Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli