calendar 03 Nov 05:10
eye 38
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekistonda 3 ta YTH oqibatida 4 nafar shaxs vafot etdi

image

O‘zbekistonda 29-oktabrdan 1-noyabrgacha 3 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 nafar shaxs vafot etdi. Quyida ushbu YTHlarning tafsilotini taqdim etamiz.

Qashqadaryo viloyati

2021-yil 29-oktabr kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi Y.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomashinasida Muborak tumaniga yetib kelgan.

Shu kuni soat 06:45 larda Muborak tumani hududidan o‘tuvchi G‘uzor–Nukus–Beynau avtomobil yo‘lida Qarshi–Buxoro yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib borib, yo‘lning 150-kilometriga kelganda boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda yo‘lning harakat qismini ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, YTH sodir etgan va haydovchi voqea joyida vafot etgan.

Toshkent shahri

31-oktabr kuni soat 18:30 larda Yunusobod tumanidagi KHAY ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Spark haydovchisi 26 yoshli H.H. tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 65 yoshli T.U.ni urib yubordi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Yo‘l-transport hodisasi natijasida T.U. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2021-yilning 1-noyabr kuni soat 18:00 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi 4-R181 Qipchoq–Mang‘it–Turkmaniston avtomobil yo‘lining 12–13-kilometrlari oralig‘ida haydovchi, 1968-yilda tug‘ilgan U.Y. Lifan rusumli yuk tashuvchi mototsiklda harakatlanayotib, keskin ortga burilishi natijasida orqasidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1956-yilda tug‘ilgan K.B. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashgan.

Buning oqibatida Nexia qarama–qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, haydovchi, 1963-yilda tug‘ilgan F.M. boshqaruvidagi Isuzu yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuvlar oqibatida Nexia avtomobili yo‘lovchisi 1960-yilda tug‘ilgan A.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida va uning 2017-yilda tug‘ilgan nabirasi B.R. shifoxonada vafot etgan.

Foto: YHXBB

Nexia haydovchisi K.B. va yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
35
0
xs.uz

Chet elliklar Oʻzbekistonga qanday maqsadlar bilan tashrif buyurmoqda?

Unga koʻra, yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda yurtimizga kelishgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 % ga koʻproq.Xorijliklarning 461 277 nafari qarindoshlarini yoʻqlash, 88 336 nafari xizmat yuzasidan, 75 392 nafari sayyohlik maqsadida, 41 196 nafari tijorat uchun, 8 966 nafari davolanish uchun boʻlsa, 3 508 nafari oʻqish maqsadlari bilan Oʻzbekistonga kelishgan.

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,77 soʻmga'tushdi va'12 969,56 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'10,96 soʻmga'pastlab,'14 768,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,58 soʻmga'oshdi va'157,09 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

NAVBAHORDA TARG‘IBOT TADBIRLARI

Navbahor tumanida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.Mutassaddilar tumanning “Mehnat” mahallasida issiqxona tashkil etilgan xonadonlarda bo‘lishdi. Jumladan, Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i, podpolkovnik F. Usmonov aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bahorgi mavsumda daraxt ko‘chatlari va ozuqabop ekinlarni ekish, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha shart-sharoitlari bilan tanishd

12 Apr 21:15
 
27
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'4,93 soʻmga'tushdi va'12 968,38 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'14,01 soʻmga'koʻtarilib,'14 343,03 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,18 soʻmga'oshdi va'152,37 soʻmni'tashkil qildi.