calendar 21 Aug 11:10
eye 39
comments 0
comments Manba: daryo

Afg‘onlar O‘zbekiston chegarasini qonuniy ravishda kesib o‘tishning ayyorona yo‘lini topdi — OAV

image

Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekiston hududidan uchinchi davlatga uchish uchun aviachipta sotib olib, undan chegarani kesib o‘tishda foydalanmoqda, deb xabar beradi Sputnik.

Foto: Sputnik

Ma’lum qilinishicha, ushbu chiptalardan afg‘onlarning barchasi ham foydalanmayapti. Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, xarid qilingan chiptalarning aksariyati aviakassaga qaytarilmoqda va chegarani kesib o‘tgan afg‘onlar O‘zbekiston hududida — asosan, Termizda qolmoqda.

“Chegarani kesib o‘tishning bu kabi ayyorona mexanizmi ko‘paydi. Prognozlarga ko‘ra, yangi qochoqlar oqimi ortadi, chunki ‘Tolibon’ning va’dasiga qaramay, ularning siyosati va ideologiyasi barchaga ham ma’qul emas”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston—Afg‘oniston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari qayta ishga tushgach, mazkur yo‘nalish bo‘yicha qatnayotgan avtomobillar soni ortgani, afg‘onlar O‘zbekiston hududiga baklajkalardan yasalgan sollar yordamida suzib o‘tayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 15-avgust kuni “Tolibon” Afg‘onistonning butun hududini o‘z nazorati ostiga olganini e’lon qildi. 16-avgust kuni Afg‘oniston fuqaro aviatsiyasi aviakompaniyalarga mamlakat havo hududini aylanib o‘tishni tavsiya etdi. Shu kuniyoq United Airlines, British Airways va Virgin Atlantic aviakompaniyalari Afg‘oniston havo hududidan foydalanishni to‘xtatdi. 17-avgust kuni ular qatoriga Air France-KLM, Lufthansa, Qatar Airways, Singapore Airlines, China Airlines va boshqa aviakompaniyalar qo‘shildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,77 soʻmga'tushdi va'12 969,56 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'10,96 soʻmga'pastlab,'14 768,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,58 soʻmga'oshdi va'157,09 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

NAVBAHORDA TARG‘IBOT TADBIRLARI

Navbahor tumanida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.Mutassaddilar tumanning “Mehnat” mahallasida issiqxona tashkil etilgan xonadonlarda bo‘lishdi. Jumladan, Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i, podpolkovnik F. Usmonov aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bahorgi mavsumda daraxt ko‘chatlari va ozuqabop ekinlarni ekish, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha shart-sharoitlari bilan tanishd

12 Apr 21:15
 
27
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'4,93 soʻmga'tushdi va'12 968,38 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'14,01 soʻmga'koʻtarilib,'14 343,03 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,18 soʻmga'oshdi va'152,37 soʻmni'tashkil qildi.

04 Apr 16:20
 
58
0
xs.uz

Qirgʻiziston yoki Qozogʻiston: Oʻzbekistonga qaysi davlatdan koʻproq sayyohlar kelmoqda?

Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1,3 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgani qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Ushbu koʻrsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 361,2 ming nafarga yoki 37,1 foizga oshgani bilan eʼtiborga loyiq.Turistlar soni boʻyicha birinchi oʻrinda Qirgʻiziston fuqarolari turibdi ' ularning soni 422 ming 591 nafarni tashkil etdi. Ikkinchi oʻrinda Tojikistondan kelgan sayyohlar (401 m