AQShda Kapitoliyga uyushtirilgan hujum guvohiga aylangan to‘rtinchi politsiyachi o‘z joniga qasd qildi

AQShda shu yilning yanvar oyida Kapitoliyda sodir etilgan tartibsizliklarni bostirishda qatnashgan Vashington politsiyasi ofitseri Gunter Xashida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Vashington politsiya boshqarmasiga tayanib, CNN xabar berdi.
Xashida 29-iyul kuni o‘z uyida o‘lik holda topilgan. Bundan avvalroq 10-iyul kuni Vashington politsiyasining yana bir xodimi Kayl Defraytag vafot etgandi. Uning oilasi o‘limga o‘z joniga qasd qilish sabab bo‘lganini tasdiqlagan.
Kapitoliydagi tartibsizliklar guvohi bo‘lgan yana ikki politsiya ofitseri Jeffri Smit va Govard Libengud yanvarda o‘z joniga qasd qilgandi.
Kapitoliyga hujum haqidagi ish bo‘yicha 500 dan ortiq amerikalikka ayblov e’lon qilingan. Iyul oyining oxirida ushbu ish bo‘yicha birinchi marta qamoq jazosi tayinlandi — 38 yoshli Pol Xojkins sakkiz oylik qamoqqa hukm qilindi.
Kapitoliydagi tartibsizliklarni bostirishga Kapitoliy politsiya kuchlari va Vashington shahar politsiya departamentining kamida 850 xodimi jalb qilingan. Ularning 140 ga yaqini jarohatlangan. Iyul oyi oxirida bir nechta politsiya xodimi Kapitoliyga uyushtirilgan hujum bo‘yicha Kongressda guvohlik berdi.
Eslatib o‘tamiz, 6-yanvar kuni AQSh Kongressi a’zolari Donald Trampning prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lganini tasdiqlash uchun yig‘ilgan vaqtda Trampning tarafdorlari Kongressga bostirib kirgan. Politsiya bir necha soat o‘tibgina namoyishchilarni Kapitoliydan haydab chiqarishga muvaffaq bo‘lgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari o‘qotar qurol, dubinka, ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. Kapitoliyning xavfsizlik xodimi bilan birgalikda, besh kishi halok bo‘lgan. Tartibsizlikdan keyin federal qidiruv bo‘limi namoyish ishtirokchilariga qarshi 160 dan ortiq ish ochgan.
AQSh hukumatining xabar berishicha, Kapitoliyga qilingan hujum natijasida tarixiy ahamiyatga ega san’at asarlari va mebellar zarar ko‘rgan. Avvalroq Kapitoliyni ta’mirlash uchun 30 million dollar talab etilishi ma’lum bo‘lgandi.
2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT
BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti
Yevropa “katta oʻyinga” qoʻshildi — Parijda Ukraina boʻyicha “koʻngillilar koalitsiyasi” yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Kecha Parijda bir qator diplomatik uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi va bu Ukrainadagi mojaroni tartibga solishning yangi bosqichini belgilab berdi. Shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi.Shu bilan birga, Parijda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerovdan iborat Ukraina delegatsiyasi hamda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Fran
Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi
Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom
Fransiya maxsus kuchlari ish tashlashga kirishdi
Fransiya milliy politsiyasining jangovar va maxsus kuchlari boʻlinmasi xodimlari ish tashlash namoyishi oʻtkazmoqda. Bu haqda Fransiyaning 'TF1' telekanali xabar berdi.Ushbu boʻlinma mamlakat Ichki ishlar vazirligi yurisdiksiyasi ostida boʻlib, uning guruhlari jinoiy jinoyatlarni, jumladan, qurolli talonchilik va odam oʻgʻirlashni tergov qiladi.400 nafarga yaqin elita politsiyachi Fransiya Milliy sud politsiyasi boshqarmasi oldida namoyishga chiqdi. Ular ish vaqtidan tashqari ishlash, smen