Navoiyda MIB ehtiyojmandlar fuqarolarga 7 mlrd. so'm undirgani maʻlum bo'ldi

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo'limlari tomonidan joriy yilning 6 oyida jami 695 milliard so'mlik 71 ming 614 ta hujjat yuzasidan ijro tadbirlari amalga oshirilgan.
Bu haqda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etish sohasida joriy yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosiga bag'ishlangan matbuot anjumanida maʻlum qilindi.
MIB viloyat boshqarmasi boshlig'i Olimjon Mardonovning maʻlumot berishicha, ushbu ijro ishlarining asosiy qismi yaʻni, 571 mlrd. so'mlik 50 ming 514 tasini sud organlaridan, 124 mlrd. so'mlik 21 ming 100 ta ijro hujjatini davlat soliq organlari, IIB, DSEOM va boshqa vakolatli organlardan kelib tushgan ijro hujjatlarini tashkil etgan.
Mulkiy undiruvlarga oid ijro ishlari bo'yicha davlat foydasiga 72,4 mlrd., yuridik shaxslar foydasiga 144,5 mlrd., jismoniy shaxslar foydasiga 14,8 mlrd. so'm pul mablag'lari undirilgan.
Xususan:
- soliq qarzini undirish bo'yicha 2,5 mingta ijro ishidan 58,3 mlrd. so'm;
- davlat daromadiga o'tkazilgan mol-mulklar bo'yicha 606,8 mln. so'm;
- jinoiy zararlar bilan bog'liq 14 ta ijro ishidan 80,6 mln. so'm;
- jinoiy va maʻmuriy jarimalar bilan bog'liq 10 mingga yaqin ijro ishi bo'yicha 6,2 mlrd. so'm mablag'lar undirilgan.
Qonunga xilof ravishda ishdan bo'shatilgan 152 nafar shaxs ishga tiklanib, to'lanmay qolgan 757 mln. so'm ish haqlari ularga undirib berilgan.
Jamiyatimizda oila qadriyatlariga yuzaki yondoshish, er-xotinning o'zaro kelishmovchiliklari oqibatida ajrashib ketish holatlari yildan yilga o'smoqda, – deydi boshqarma boshlig'i O.Mardonov.
Tahlillarga ko'ra, 2017 yil 6 oyigacha bo'lgan davrda 6 ming 337 ta aliment undirish haqidagi ishlar mavjud bo'lgan bo'lsa, ayni vaqtda bu ko'rsatkich 11 ming 254 taga yetgan.
Tizim xodimlarining mavjud muammolarga o'zgacha yondoshib, aliment undirish bilan bog'liq ijro hujjatlari yuzasidan aloqador tashkilotlar bilan oilalarni o'zaro yarashtirish ishlariga alohida eʻtibor qaratilmoqda.
Jumladan, 230 oila yarashtirildi, jami 2,5 mlrd. so'mdan ortiq aliment pullari undiruvchilarga undirib berildi, ishsiz, yordamga muhtoj, og'ir ahvolga tushib qolgan 396 nafar qarzdorlar ishga joylashtirildi, 5 ta holatda uy-joy, avtomashina va boshqa shaklda aliment pullari oldindan qoplab berildi.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 noyabrdagi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni talabidan kelib chiqib, "Temir daftar", "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari"ga 7 mlrd. so'm pul mablag'lari undirilishi taʻminlandi.
Shuningdek, matbuot anjumanida mutaxassislar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. «Zamin» yangiliklarini «Vkontakti»da kuzatib boring
Toshkentda qimmatbaho elektromobil yonib ketdi
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulugʻbek tumani Yalangʻoch mavzesida yuz bergan. Elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻinni soat 23:59 da toʻliq oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 2025-yil 19-martda qabul qilingan 171-sonli qarorga muvofiq, Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.Mazkur qarorga asosan Institutning bir qator asosiy vazifalari aniqlab berildi. Jumladan, adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, sud ekspertizasi, arxiv ishi, ish yuritish, ijro intizomi, murojaatlar b
Samarqandda jamoat transporti uchun toʻlov narxlari oshirildi
Elektron toʻlov tizimini ommalashtirish va jamoat transporti moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida toʻlovlar naqd pulda amalga oshirilganda 3 ming soʻm plastik va yagona transport kartalari (ATTO) orqali amalga oshirilganda 2 ming soʻm etib belgilandi.Bundan tashqari, pensionerlar, nogironlar, talaba va oʻquvchilar hamda jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun alohida tariflar joriy etilgan.
2024-2025-oʻquv yilida oliy taʼlim bilan qamrab olinganlik darajasi qanday?
Ushbu yosh toifasidagi aholining oliy taʼlim bilan qamrov koʻrsatkichlari 2014-yilda 6,8 foiz, 2017-yilga kelib 8,3 foiz, 2020-yilda 18,7 foiz, 2022-yilda 36,6 foiz va 2024-yilda esa 47,7 foiz koʻrinishida boʻlgan.2024/2025 oʻquv yili boshidagi natijalar 2014-yil bilan solishtirilganda 40,9 % ga yuqoriroqdir.Taʼkidlash joiz, 2024-yilda respublikada oliy taʼlim muassasalari soni 211 tani tashkil etib, ulardan 112 tasi davlat, 30 tasi xorijiy va 69 ta nodavlat oliy taʼlim muassasalari ekan