
Bugun ertalab soat 07:00 lar chamasida odamlar Shimoliy Fargʻona kanalining Yangi Namangan tumani hududidan oʻtgan qismida bir ayol kishi oqib kelayotganini koʻrib qolishadi. Shu hududda xizmat vazifasini olib borayotgan viloyat IIB YHXB boshligʻining oʻrinbosari Shavkat Sodiqov hech ikkilanmay oʻzini suvga otib, ayolni qirgʻoqqa olib chiqadi. Aniqlanishicha, u Yangi Namangan tumanida yashovchi, 2005-yildan buyon ruhiy kasallik bilan ogʻrib, davolanib kelayotgan ayol boʻlib, tushkunlik oqibatida joniga suiqasd qilish maqsadida oʻzini suvga tashlagan. Ayolga zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatilgan. Hozirda uning salomatligi yaxshi.
— Ertalab ishga ketayotsam, oʻt oʻchirish qismi oldida, kanal koʻprigi yaqinida tumonat odam toʻplanib turibdi. Yoʻl hodisasi boʻldimikan, deb oʻylab ularga yaqinlashdim. Qarasam, kanalda bir ayol oqib ketyapti. Hech narsani oʻylamay oʻzimni suvga otdim, olib chiqdim!
— Rahmat Sizga, sizdek mard oʻgʻlonlar koʻpaysin. Rahbar boʻlib, oʻzingiz shaxsiy namuna koʻrsatibsiz, — dedi Namangan viloyati hokimi Sh. Abdurazzoqov va podpolkovnik Sh. Sodiqovning jasoratini eʼtirof etib, uni qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?
2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg
Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak
Keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida 'Keksalar reyestri'da turuvchi shaxslarga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga biriktirilgan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha '0' balldan '62' ballgacha baholangan 5 nafar shaxs ushbu xizmat turidan foydalanmoqda.'Keksalar reyestri', keksalar uchun uyda t