AQShda Kapitoliyga bo‘lgan hujumning birinchi ishtirokchisi qamoqqa hukm qilindi

AQSh sudi shu yilning yanvar oyida Donald Tramp tarafdorlarining Kapitoliy binosiga bostirib kirishida ishtirok etgan Florida fuqarosini 8 oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Bu Vashingtonda yanvar oyida sodir etilgan tartibsizliklar ishtirokchilariga nisbatan o‘qilgan birinchi qamoq hukmi. G‘alayon ishtirokchisi Pol Allard Xojkins aybiga iqror bo‘lgan va o‘z xatti-harakatlaridan uyalishini aytgan.
Iyun oyida AQShda mazkur ish bo‘yicha birinchi hukm chiqarilgandi, ammo ayblanuvchi qamoqqa yuborilmagan.
Pol Xojkins AQSh prezidentligiga saylov natijalarini tasdiqlash davomida rasmiy jarayonga to‘sqinlik qilishda aybdor deb topildi. Avf etish to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq u AQSh Moliya vazirligiga 2000 dollar to‘lashga rozi bo‘ldi, shundan so‘ng Xojkins yanada og‘ir ayblovlardan, jumladan, buzg‘unchilik va bezorilik ayblovidan ozod qilindi.
Prokuratura ayblanuvchi uchun 18 oy muddat so‘ragan. Ammo AQSh okrug sudyasi Rendolf Moss ayblanuvchi hech kimga hujum qilmagani yoki davlat mulkini buzmagan sababli unga qisqaroq muddat berish mumkinligini aytgan.
Qayd etilishicha, kelgusida boshqa sudlar tartibsizliklarning boshqa yuzlab ishtirokchilari to‘g‘risida qaror qabul qilishda ushbu hukmni yo‘nalish qilib olishi mumkin.
Kapitoliyga hujum qilishda hammasi bo‘lib 500 dan ortiq odam ayblangan.
Eslatib o‘tamiz, 6-yanvar kuni AQSh Kongressi a’zolari Donald Trampning prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lganini tasdiqlash uchun yig‘ilgan vaqtda Trampning tarafdorlari Kongressga bostirib kirgan. Politsiya bir necha soat o‘tibgina namoyishchilarni Kapitoliydan haydab chiqarishga muvaffaq bo‘lgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari o‘qotar qurol, dubinka, ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. Kapitoliyning xavfsizlik xodimi bilan birgalikda, besh kishi halok bo‘lgan. Tartibsizlikdan keyin federal qidiruv bo‘limi namoyish ishtirokchilariga qarshi 160 dan ortiq ish ochgan.
AQSh hukumatining xabar berishicha, Kapitoliyga qilingan hujum natijasida tarixiy ahamiyatga ega san’at asarlari va mebellar zarar ko‘rgan.
Avvalroq Kapitoliyni ta’mirlash uchun 30 million dollar talab etilishi ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga doir:
“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi
Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar
Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi
Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.
Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi
Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish
AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp