Angela Merkel o‘zining 18-ilmiy darajasini egalladi

Germaniya kansleri Angela Merkel 14—16-iyul kunlari AQShga tashrifi chog‘ida Jons Hopkins universitetining faxriy doktorlik unvonini oladi. Bu haqda Germaniya Vazirlar Mahkamasi vakili Shteffen Zaybertga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
“Kansler Vashingtondagi tantanali marosimda Jons Hopkins universitetining faxriy doktorlik unvonini oladi”, — dedi Shteffen. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu Merkelning 18-ilmiy darajasi bo‘ladi.
Qayd etilishicha, Vashingtonda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralar va ikki mamlakat rahbarlarining qo‘shma matbuot anjumanidan so‘ng, 15-iyul kuni AQSh Merkel va uning turmush o‘rtog‘i Yoaxim Zauer uchun kechki ovqat tashkil qiladi.
Avvalroq Angela Merkel Rossiya bilan raqobatda Germaniyaga yordami uchun AQShga minnatdorlik bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil arafasida Angela Merkel kansler sifatida Germaniya xalqiga so‘nggi marta Yangi yil murojaatini yo‘llagandi. Merkel 2021-yilning sentabr oyidagi saylovlarda qatnashmasligi va siyosatdan nafaqaga chiqish niyatini yana bir bor tasdiqlagan.
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona
Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda
Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy
Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni sinovdan oʻtkazdi
Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni muvaffaqiyat sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu qurol dronlar toʻdasini bir zumda zararsizlantirishi mumkin.'Urush tabiati oʻzgarganda, bu qurollar dron tahdidlaridan himoyalanish imkoniyatiga ega', ' deyiladi vazirlik bayonotida. Qayd etilishicha, bu qurol yoʻnaltirilgan radiochastota energiya qurolining bir turi hisoblanadi.Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, radiotoʻlqinli qurollar sohasida tadqiq
2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT
BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti