calendar 14 Jun 04:10
eye 50
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekiston “Siyosatdagi ayollar” jahon reytingida 45-o‘rinni egalladi

image

O‘zbekiston Parlamentlararo Ittifoqning 2021-yilgi “Siyosatdagi ayollar” jahon reytingida 45-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda UzNews. Reytingda ayollarning turli mamlakatlar parlamenti va hukumatidagi vakilligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

Foto: “Xalq so‘zi online”

O‘zbekiston bu borada 130 dan ortiq davlatlar, jumladan, Germaniya, Avstraliya, Kanada, AQSh, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari va boshqalarni ortda qoldirdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston ayollar parlamentni boshqaradigan va hukumat tarkibiga kiradigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek Senat raisi Tanzila Norboyeva rahbarlik qilayotgan Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya ishiga yuqori baho berilgan.

1889-yilda tashkil etilgan Parlamentlararo Ittifoq 179 mamlakat parlamentlarini birlashtirgan parlamentlararo muloqot uchun eng katta platformadir. Tashkilotda, shuningdek, mintaqaviy parlament organlarining 13 ta assotsiatsiyalangan a’zolari mavjud.

O‘z navbatida O‘zbekiston ham 1992-yildan Parlamentlararo Ittifoq a’zosi hisoblanadi. Garchi mamlakatning a’zoligi 2007—2017-yillarda to‘xtatilgan bo‘lsa-da, 2017-yilda Toshkent Parlamentlararo ittifoqdagi ishtirokini yana tikladi.

2019-yil oktabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov 2020—2022-yillarga Parlamentlararo Ittifoqning Yevrosiyo guruhidan Parlamentlararo Ittifoqning ijroqo‘mi a’zosi etib saylangan edi. 2020-yil 30-yanvar kuni Parlamentlararo Ittifoq ijroiya qo‘mitasi boshqaruv organlari yangi tarkibini shakllantirish doirasida PAI vitse-prezidenti hamda moliya bo‘yicha kichik qo‘mita a’zosi etib ham tayinlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
55
0
postda.uz

XODIMLAR IShTIROKIDA PSIXOLOGIK TRENING

IIV TvaTOXTD mutaxassis psixologi tomonidan Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xodimlarining ma'naviy-ruhiy holatini yaxshilash maqsadida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi. Treningda asosiy e'tibor jamoada ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada yaxshilash, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy ruhiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratildi. Shuningdek, xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini bajarishida mas'uliyat hissini yanada oshirish ko‘zda tuti

12 Apr 21:15
 
43
0
xs.uz

Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi

Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun o

18 Apr 11:08
 
325
0
xs.uz

Dollar va yevro kursi pastladi, rubl esa koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'30,16 soʻmga'tushdi va'12 964,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'17,40 soʻmga'pastlab,'14 744,45 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,60'soʻmga'oshdi va'158,28 soʻmni'tashkil qildi.

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash