Shavkat Mirziyoyev Sheroboddagi zamonaviy issiqxona va anor qadoqlash korxonasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi zamonaviy issiqxonani ko‘zdan kechirdi.
“Sherobod agro impeks” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ushbu majmua 2020-yili ishga tushirilgan. 29 gektarlik issiqxonada pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, baqlajon kabi bozorbop mahsulotlar yetishtirilmoqda. Bu yerda 200 nafar mahalliy yoshlar ishlamoqda.
Mahsulot hajmini ko‘paytirish orqali uning tannarxini arzonlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Shu yerda “Sherobod anor impeks” korxonasi ham tashkil etilgan. 5 million dollarlik mazkur loyiha natijasida anorni qadoqlash va qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Uskunalar Janubiy Koreya va Sloveniyadan keltirilgan.
Mavzuga doir: Video: Kombayn haydayotgan Shavkat Mirziyoyev
Anor bo‘lmagan paytda korxona to‘xtab qolmaydi. Meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini saralab, bozorga chiqaradi.
Korxona 6 ming tonna qadoqlash, 2 ming tonna anor sharbati ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 70 kishi ish bilan ta’minlangan.
Anor mevasi aholi va bog‘dorchilik xo‘jaliklaridan sotib olinadi. Sherobod tumanida bir yilda qariyb 30 ming tonna anor yetishtiriladi. Shundan 8 ming tonnasi eksportga chiqarilmoqda.
Yaqingacha tumanda 2 ming 400 gektar anorzor bor edi. 2021-yilda hosildorligi past bo‘lgan 3 ming gektardan ziyod paxta va g‘alla maydonlari o‘rnida fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar tomonidan anor bog‘lari tashkil etildi. Buning natijasida qo‘shimcha 3 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Uch yildan keyin bu yangi ko‘chatlardan 18 ming tonna hosil olish mumkin. Uning 8 ming tonnasi qayta ishlanishi va 10 ming tonnasi eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Bizda anorchilik bo‘yicha an’ana bor, lekin ilm yo‘q, kitob yo‘q, laboratoriya yo‘q”
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Sherobodda anorchilik bilan shug‘ullanuvchi oila bilan suhbatlashgani hamda Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshini qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Toshkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen huzurida mamlakatimizda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ta'sis etish to'g'risida bitim imzolandi.1958-yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki Yevropa Ittifoqining yetakchi moliyaviy institutidir.Ta'kidlash joiz, ofisning Toshkent shahrida ochilishi o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, O'zbekistonda va umuman Ma
YPH faoliyatidan
Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus batalyon alohida safarbar otryadi YPX inspektorlari – kichik serjant Sherzod Topkanov va safdor Odil Toshquvvatov ichki ishlar organlarida 5 yildan buyon xizmat qilishmoqda. Poytaxtimizning Cho‘lpon va Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chalarida o‘tkir nigoh ila yo‘llarda harakat xavfsizliginii ta’minlayotgan kichik serjant Sh. Topkanov va safdor O. Toshquvvatov qoidabuzarlarga nisbatan chora ko‘rmoqda. Bular orasida spirtli ichimlik is
Tramp dori vositalari va chiplarga ham boj joriy etmoqchi
Yangi bojlar sunʼiy intellekt, avtomobilsozlik va elektronika sohalarida katta ahamiyat kasb etuvchi chiplar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga qattiq zarba boʻlishi mumkin. Chunki bojlar narxlarning oshishiga va dorilarning tanqisligiga olib keladi.Tramp mahsulotlarni xorijdan olib kelish oʻrniga, ularni AQShda ishlab chiqarishni kuchaytirmoqchi. Lekin ishlab chiqarishni davlatning oʻziga koʻchirish yillarni talab qiladi va qimmatga tushadi.Taʼkidlash joiz, bojxona toʻlovlar
Dollar kursi 13 000 soʻmga yaqinlashdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'13,70 soʻmga'oshdi va'12 994,59 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'38,92 soʻmga'oshib,'14 761,85 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,99 soʻmga'tushdi va'157,68 soʻmni'tashkil qildi.