calendar 20 May 11:10
eye 16
comments 0
comments Manba: daryo

Apple mitti naushniklarini taqdim etishga tayyorlanmoqda

image

MacRumors sayti iOS 14.6 kodlari orasidan Apple kompaniyasi yaqin orada taqdim etishi kerak bo‘lgan yangi Beats Studio Pro naushniklarining tasvirini topdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Studio Pro — bu klassik simsiz naushnik. AirPods’dan farqli o‘laroq, ushbu naushniklar juda kichkina, ular hatto quloqdan chiqib ham turmaydi. Standart o‘lchamdagi keysga ega bo‘ladigan qurilma uch xil rangda taqdim etiladi.

Apple’ning Studio Pro naushniklarining texnik tavsifi va narxi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. U o‘zining o‘lchami kichikligi sabab avtonomlik borasida AirPods’dan ortda qolishi, ammo bu keysidagi katta akkumulyator bilan kompensatsiyasi qilinishi mumkin.

Apple ushbu naushniklarini qachon taqdim etishi noma’lum.

Ma’lumot uchun, Apple Beats musiqiy texnikalar brendini 2014-yilda sotib olgan va shundan buyon ushbu lineykani rivojlantirib kelmoqda.

Avvalroq Xiaomi kompaniyasi AirPods Pro’dan qolishmaydigan, biroq undan arzonroq simsiz naushniklarini taqdim etgani, Galaxy Buds Pro naushniklari quloq kasalliklarini keltirib chiqarishda ayblanayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

06 Feb 11:17
 
45
0
qalampir.uz

Microsoft rossiyalik xakerlarni kompaniya rahbarlarining elektron xatlarini o‘g‘irlashda aybladi

Midnight Blizzard guruhi (Nobelium nomi bilan ham tanilgan) xakerlar Microsoft rahbarlari, kiberxavfsizlik xodimlari, yuridik bo‘limlar va boshqa bo‘limlarning elektron pochta akkauntlariga kirishga erishdi. Bu haqda Microsoft blogida aytildi.  Qayd etilishicha, hujum joriy yilning 12 yanvar kuni aniqlangan. Korporatsiya xakerlikni davlat hujumi deb atagan va Midnight Blizzard xakerlariga Rossiya hukumati homiylik qilganini aytgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar 2023

07 Mar 20:08
 
13
0
qalampir.uz

Xitoyning avtogiganti o‘zining sun’iy yo‘ldoshlarini uchirdi

Xitoyning Geely kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshlarining ikkinchi guruhini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.  Bortida 11 ta Geely-02 sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Long March-2C raketasi shu yilning 3 fevral kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Sichuan provinsiyasidagi Sichan sun’iy yo‘ldoshni uchirish markazidan muvaffaqiyatli uchirildi. Qayd etilishicha, uchirishdan ko‘p o‘tmay, guruh belgilangan orbitaga chiqqan. Long

05 Feb 11:28
 
37
0
qalampir.uz

Yaponiya Oyni zabt etgan beshinchi davlatga aylandi

Yaponiya  uchirgan kosmik kema Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda "Meduza" xabar berdi. Unga ko‘ra, Yaponiyaning SLIM (Smart Lander for Investigating Moon) kosmik kemasi Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Biroq hozirda muhandislar uning akkumulyatorining quvvati butunlay tugab qolishidan qo‘rqmoqda. Chunki qurilmaning quyosh panellari elektr energiyasi ishlab chiqarmaydi. Agar batareyalar tugasa, SLIM bilan aloqa uzilishi mumkin. Yaponiya kosmik agentligi v

07 Mar 20:08
 
16
0
qalampir.uz

Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Ilk marta odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kecha birinchi odam Neuralink'dan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar asabiy tirqishlarni aniqlashning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi”, deb yozgan u. Maskning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-