calendar 19 May 05:10
eye 59
comments 0
comments Manba: daryo

Turkmaniston prezidenti Tatariston rahbariga alabay zotli kuchuk bolasini sovg‘a qildi (foto)

image

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov 17-may kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga keldi, deb yozmoqda “Xronika Turkmenistana”.

Foto: “Altyn Asyr”

Dastlab prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama, keyinroq esa kengaytirilgan tartibda muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Turkmaniston rahbari aprel oyi oxirida Qozonga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining sammitida ishtirok etish uchun borgan o‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani iliq kutib olgani uchun hamkasbiga minnatdorchilik bildirdi.

Foto: “Altyn Asyr”

Muzokaralardan keyin Tatariston muftiysi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga, Turkmaniston muftiysi esa Qozon fojiasida halok bo‘lganlar xotirasiga duo qildi.

Foto: “Altyn Asyr”

Ma’lumot uchun, avvalroq Paraxat-7 tumanidagi Ashxobod masjidining atrofidagi hudud zudlik bilan tartibga keltirildi. U yerga prezidentlarning tashrif buyurishi kutilayotgan edi, lekin muftiylar prezident saroyida ibodat qiladigan bo‘ldi.

Keyin davlat rahbarlari MI-17-1B vertolyotini ko‘zdan kechirdi.

Foto: “Altyn Asyr”

Tashrif yakunida Gurbanguli Berdimuhamedov Rustam Minnixanovga Akdo‘st laqabli alabay zotidagi kuchuk bolasini sovg‘a qildi. Kuchukni Minnixanovga “Turkman alabaylari” xalqaro assotsiatsiyasining rahbari Serdar Berdimuhamedov topshirdi. Tatariston yetakchisi hamkasbiga “original sovg‘a” uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq Turkmaniston parlamenti “Xizmat ko‘rsatgan itboqar” va “Xalq itboqari” faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini qabul qilgani haqida xabar berilgandi. 21-aprel kuni Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lini “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan itboqar” unvoni bilan taqdirladi.

Bundan tashqari, Berdimuhamedov Turkmaniston poytaxtining yubileyi kuni tug‘ilgan birinchi chaqaloqqa Ashxobod deb ism qo‘yishni buyurgan edi. Shuningdek, u teatrlarda “xalqning baxtli hayoti” to‘g‘risidagi spektakllar yo‘qligi sabab madaniyat vaziriga hayfsan bergan.

SHuningdek, Turkmanistonda Vazirlar Mahkamasining 7-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bosh vazir o‘rinbosarlariga “Mening oppoq shahrim — Ashxobod” nomli yangi kitobi ustidagi ishlarni yakunlaganini aytdi. Xabarga ko‘ra, Turkmaniston poytaxtining 140 yilligiga bag‘ishlangan mazkur kitobda shahar tarixi, geografiyasi, shuningdek, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan ko‘plab inshootlar tasvirlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
56
0
xs.uz

Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi

Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold

21 Apr 08:34
 
367
0
xs.uz

“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi

Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim

23 Mar 16:44
 
70
0
xs.uz

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi: London Moskvani ogʻir ahvolga solib qoʻymoqchi

Buyuk Britaniya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiyaga tegishli 25 milliard funt sterlingdan (deyarli 30 milliard yevro) ortiq aktivlarni muzlatib qoʻydi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi qoshidagi Moliyaviy sanksiyalarni amalga oshirish boshqarmasi (OFSI) 21-mart kuni maʼlum qildi. London va uning ittifoqchilari Rossiyaga nisbatan tarixdagi eng qattiq moliyaviy sanksiyalar joriy etilganini qayd etmoqda.OFSI hisobotida qayd etilishicha, 2022-yil fevral oyidagi toʻliq miqyosli urush

16 Apr 09:12
 
33
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o