calendar 15 May 13:31
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir

Parvardigor sizni asrasin – Shahnoza Mirziyoyeva Otabek Umarovni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

image
image
-

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifasida turmush o'rtog'i, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisi o'rinbosari Otabek Umarovni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Suratda Otabek Umarov, Shahnoza Mirziyoyeva va ularning qizi tasvirlangan.

Shahnoza Mirziyoyeva suratga qoldirgan izohda Otabek Umarovni 37 yoshni qarshilagani bilan tabriklagan va samimiy tilaklarini bildirgan.

"Bu hayotda oila va uning tinchligidan muhimroq hyech narsa yo'qligiga ko'p marotaba amin bo'lganman. Suygan insonlarim yonimda, tani-jonlari sog', o'zlari xursand bo'lib yurishlari men uchun – haqiqiy baxt. O'z baxtimni ular baxtida ko'rib, his qilib turaman. Hayot seni sinovlarga solganda, aziz insoning umri xavf ostida qolganda, bu baxt qadrini yana ham chuqur his etarkansan kishi. Sinovlar odatiy turmushingni alg'ov-dalg'ov qilib, ilgari eʻtibor bermagan, ahamiyat qilmagan hayotning qorong'u va qo'rqinchli tamonlari bilan yuzma-yuz qilar ekan. Sen kutgan yordam Yaratganga sajda, ham yaqinlaring ko'magida ekan.

Ha, bizning xolatimizda qo'llab-quvvatlash kuchli bo'ldi. Bu kuch ortidan biz kuch oldik, irodali bo'ldik.

Aziz va hurmatli do'stlarimiz! Yordamingiz uchun sizlarga katta rahmat. Bugun, aziz insonimning tug'ilgan kunida, men faqat bir narsani aytmoqchiman: Parvardigor sizni asrasin, sog'-salomat va baxtli bo'ling, agar siz baxtli bo'lsangiz, men ham baxtli bo'laman, bizning bolalarimiz ham baxtli bo'lishadi. Biz esa doimo yoningizda bo'lamiz, hamma narsani yengib chiqamiz.

Sevgi va o'zaro tushunish bo'lgan uyda esa – hamma narsa yengib chiqiladi. Tavallud ayyomingiz bilan!", degan Shahnoza Mirziyoyeva.

Eslatib o'tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Otabek Umarov yo'l-transport hodisasiga uchragani haqida mish-mishlar tarqalgandi. Keyinroq esa u davolash uchun Janubiy Koreyaga olib ketilgani aytilgandi. Ammo bu bo'yicha hyech qanday rasmiy maʻlumot berilmagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
8
0
xs.uz

Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi

Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi

22 Mar 08:54
 
64
0
xs.uz

Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi

Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i

17 May 21:47
 
3
0
xs.uz

Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.'Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz', ' dedi Oq uy rahbari.Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.Shu yilning 14-may kuni 'Maan' axborot age

18 Apr 11:08
 
55
0
xs.uz

Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan