calendar 11 Apr 11:10
eye 41
comments 0
comments Manba: daryo

Amitabh Bachchanning muvaffaqiyatga erishishiga hissa qo‘shish bilan birga, uning xiyonatiga ko‘z yumgan aktrisa — Jaya Bachchan haqida qiziqarli faktlar

image

Zamonasining eng yaxshi aktrisasi hisoblangan Jaya Bachchan 2021-yilning 9-aprelida 73 yoshni qarshiladi. Bollivud aktrisasining hayoti bilan bog‘liq faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: “Yandeks Dzen”

Qizlik familiyasi Bhaduri bo‘lgan Jaya, yozuvchi va shoir Tarun Kumar Bhadurining qizi. U a’lo bahoga o‘qigan hamda Kino va televideniye institutini oltin medalga bitirgan.

Aktrisalikdan boshqa kasbni tasavvur qila olmagan Jaya, 14 yoshida rejissor Satyajit Ray tomonidan “Katta shahar” filmida suratga tushish uchun tanlab olingan. Film 1963-yilda ekran yuzini ko‘rgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Jaya 70-yillarda yulduzga aylanib bo‘lganida Amitabh Bachchan endigina kino olamiga qadam qo‘ygan. Ularning har ikkisi rejissor Rishikesh Mukerjining “Guddi” filmining tasvirga olish maydonchasida tanishgan.

Amitabh Jayaning sevgilisini gavdalantirishi kerak bo‘lgan, ammo rol Samit Bhanjga nasib qilgan. “Bansi va Birju” (1972) ular ishtirogidagi ilk film bo‘lgan. Keyinchalik “Takabbur”, “Mili”, “Qasos va qonun” filmlarida ishtirok etgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Amitabhning karyerasida rafiqasining roli beqiyos, u hali tanilib ulgurmaganida Jaya u bilan birga bosh qahramon rolini o‘ynashga rozi bo‘lgan. 1988-yil ekran yuzini ko‘rgan va Amitabhning muvaffaqiyatga erishishiga sababchi bo‘lgan “Shahanshox” filmining ssenariysini Jaya yozgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Amitabh zamonaviy va shu bilan birga urf-odatlarga amal qiladigan qizga uylanishni xohlagan. Jurnal muqovasida Jayaning suratini ko‘rib u mazkur obrazga mos kelishini tushunib yetgan. U intervyulardan birida “Guddi”ning suratga olish maydonchasida tanishguncha, jurnalda Jayaning suratini ko‘rib yoqtirib qolgani, ko‘zlari uni o‘ziga rom qilganini aytgan. Jaya Amitabh bilan o‘rtasidagi munosabatlarni bir ko‘rishdagi sevgi deb atab bo‘lmasligi, haqiqiy tuyg‘ular keyinroq paydo bo‘lganini ta’kidlagan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Juftlikning to‘yidan uch yil o‘tib, Amitabh Rekhaga ilakishib qolgan. Ularning munosabatlari haqida gap-so‘zlar bolalagan bir vaqtda Rekha, Rishi Kapur va Nitu Singxning to‘yiga mangalsutrda, sindur surtib tashrif buyurgan.

Amitabh bilan gaplashishga chiqqan vaqti kameralarning bari ularga qaratilgan. Shunda hamma Jaya boshini ilk bor eggan holda yosh to‘kkaniga guvoh bo‘lgan. Ammo bu bilan u taslim bo‘lishni istamagan. Rekhani uyidagi kechki ovqatga taklif qilib, turmush o‘rtog‘ini unga berib qo‘ymoqchi emasligini tushuntirib qo‘ygan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Shundan keyin Jaya eriga butkul ishonishi va bunday mish-mishlar kinosanoat uchun yangilik emasligini aytib intervyu bergan. Juftlik o‘rtasidagi munosabatlar esa kundan-kunga yaxshilangan va bugungi kungacha ham ular oilasi bilan bog‘liq mish-mish tarqalishiga qarab turmaydi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Hayoti davomida 9 marta Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan aktrisa, yana ko‘plab mukofotlarga nomzod bo‘lgan. Aktyor Denni Denzongpa va prodyuser Romesh Sharmadan tashqari aktrisaning yana bir nechta yaqin do‘sti bor.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:51
 
440
0
xs.uz

Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi

Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s

31 May 08:51
 
40
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

13 May 14:39
 
59
0
xs.uz

Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam

Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.

31 May 08:51
 
518
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra