calendar 24 Mar 07:11
eye 85
comments 0
comments Manba: daryo

Emlanayotgan prezident, syorfingchi echki, Chorsuning jahldor mushugi. 23-mart suratlari

image

Dunyoning turli burchaklarida 23-mart kuni olingan eng qiziqarli suratlarni namoyish etamiz.

Sarayevo shahrida kabutarlarni oziqlantirayotgan erkak. Bosniya va Gersegovina poytaxtida koronavirus tufayli tunda komendantlik soati joriy etildi va yana restoranlar yopildi.

Foto: EPA

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda figurali uchish bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashayotgan xitoylik juftlik.

Foto: AP

Extinction Rebellion va Friends of the Earth ekofaollarning Madrid fond birjasi yaqinidagi norozilik aksiyasi.

Foto: Shutterstock

AQShning Kolorado shtati Boulder shahridagi supermarketda yuz bergan otishmadan so‘ng xaridorlar evakuatsiya qilinmoqda. Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan. Jinoyatchi yaralangan va politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Jinoyat sababi hozircha noma’lum.

Foto: Getty Images

Islandiyaning Reykyanes yarimorolidagi vulqondan oqayotgan lava.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkda o‘t o‘chiruvchilar daraxtga ilinib qolgan Dilan laqabli katalin arasini qutqarmoqda. Qushning egasi uni veterinariyaga olib borganida qochib ketgan.

Foto: Reuters

Bangladeshda rohinja musulmonlari yashovchi lagerda yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor.

Foto: EPA

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi markaziy ko‘chalardan biri sanalgan Maxtumquli ko‘chasi bo‘yida o‘sib yotgan momaqaymoqlar. Juma kuni yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng ular yanada ko‘paydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Chexiya poytaxtida tibbiyot xodimlari mehmonxonada koronavirusdan davolanayotganlar oldiga kirmoqda. Praga shahri meriyasi uysizlarni COVID-19 dan davolash uchun mehmonxonani ijaraga olgan.

Foto: Reuters

Britaniyaning Bristol shahrida politsiya to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasiga qarshi norozilik aksiyasi vaqtida yonayotgan politsiya mashinasi oldida skeytbord uchayotgan namoyishchi.

Foto: Reuters

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi suv toshqinlari oqibati.

Foto: Reuters

Irlandiya parlamenti yig‘ilishlari o‘tkaziladigan Dublindagi Lenster-Xaus yaqinida norozilik aksiyasi o‘tkazayotgan Extinction Rebellion ekologik harakati faollari.

Foto: Shutterstock

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va uning rafiqasi koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi.

Foto: Global Times

Dana Makgregor (chapda) va uning Pismo laqabli echkisi bolalar hamrohligida Kaliforniyaning San-Klemente shahrida syorfing bilan shug‘ullanmoqda

Foto: Reuters

Suriyaning shimoli-g‘arbida joylashgan qochoqlar lagerlarida yashovchi bolalarga masxaraboz kiyimida tomosha ko‘rsatayotgan suriyalik hajvchi Firas al-Ahmad.

Foto: Getty Images

Myanmaning Yangon shahrida harbiy to‘ntarishga qarshi namoyishlar vaqtida otib o‘ldirilgan Tet Payng Soning dafn marosimida yig‘layotgan odamlar.

Foto: Reuters

Tel-Avivdagi shifoxonada koronavirusdan davolanayotgan Raif Lalo parlament saylovlarida ovoz bermoqda. Isroilda ikki yildan kamroq muddat ichida to‘rtinchi marta parlament saylovlari o‘tkazilmoqda.

Foto: AP Photo

Berlinda fermerlar hasharotlardan himoya qilish to'g'risidagi qonun loyihasiga qarshi miting o‘tkazdi.

Foto: DPA

Kongo Respublikasi prezidentligiga muxolif nomzod Gi-Bris Parfe Kolela koronavirus oqibatida vafot etganidan so‘ng Insonparvar demokratlar ittifoqi ofisi oldida yig‘layotgan ayollar. Kolela 21-martdagi saylovlarda 7,84 foiz ovoz to‘pladi. Siyosatchi 22-mart kuni davolanish uchun Fransiyaga samolyotda olib ketilayotganda vafot etdi. Saylovlarda esa mamlakatni 37 yil davomida boshqargan 77 yoshli Deni Sassu-Ngesso g‘alaba qozondi.

Foto: Reuters

Boulder shahri politsiyasi boshlig‘i Maris Herold supermarketda yuz bergan otishmada jinoyatchi tomonidan o‘ldirilgan ofitser Erik Telli xotirasiga hurmat ko‘rsatmoqda.

Foto: Reuters

Koronavirus oqibatida vafot etgan birinchi chexiyalik bemorning o‘limiga 1 yil to‘lgani munosabati bilan minglab xochlar chizilgan Pragadagi maydon bo‘ylab yurib ketayotgan ayol.

Foto: Reuters

Chorsu bozoridagi savdo rastalari orasida o‘ynab yurgan mushuk.

Foto: Arsen Fazildzyanov / “Molodaya fotografiya Uzbekistana”


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
33
0
xs.uz

Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila qancha talafot yetkazgani ochiqlandi

5-6 balli silkinishlar soat 09:24 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Dushanbe shahridan 160 kilometr shimoli-sharqda, Rashtdan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan. Dushanbeda 3 ballga yaqin yer silkinishi sezilgan.Maʼlumotlarga koʻra, 200 tadan ortiq qoʻshimcha binolar, jumladan, maktab, tibbiyot punktlari, choyxonalar vayron boʻlgan yoki shikastlangan. Rasht viloyatining oʻzida 40 ta turarjoy binosi vayron boʻlgan, yana 5 tasi qisman shikastlangan. Tojikobodda esa 54 ta uy toʻliq, 45 tasi

20 Mar 12:50
 
57
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

16 Apr 09:12
 
31
0
xs.uz

YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit

04 Apr 16:20
 
56
0
xs.uz

Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda

Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy