calendar 21 Mar 11:10
eye 33
comments 0
comments Manba: daryo

Shavkat Mirziyoyevga talpingan chirchiqliklar, tanbeh eshitgan IIB boshlig‘i, “Shovvozsoy” haqida gapirgan Prezident – Toshkent viloyatiga tashrifdan reportaj (foto)

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 18–19-mart kunlari Toshkent viloyatida bo‘lib qaytdi. Ikki kunlik tashrifni bevosita joyidan yoritib borgan “Daryo” muxbirlari quyida o‘z taassurotlari va fotoreportajni havola etadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Chinoz qishloq xo‘jaligida juda katta imkoniyat bor”

Davlat rahbari tashrifni Chinoz tumanidan boshladi. U yerda suv xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan Prezident yerdan unumli foydalanish haqida gapirarkan, xususan shunday dedi: “Ekishdan oldin sotishni o‘ylash kerak. Yerni tadbirkorga berish zarur. Chunki u bozorni biladi, raqobatni biladi”.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Chinozdagi 3 mingdan ziyod aholi yashaydigan “Eshonobod” mahallasida bo‘lib, MFYning turli millatga mansub vakillari bilan suhbatlashdi, ularning fikr va takliflariga quloq tutdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Bu yerga kelishimdan maqsad — Toshkent viloyatida ham zamonga munosib sharoit yaratish. Viloyatda salkam 3 million aholi bor. 150 ming nafari ishsiz. Shuning uchun har bir tumanning “o‘sish nuqtasi”ni topib, kerakli mablag‘larni berib, odamlarni ish bilan ta’minlashimiz lozim. Buni Toshkentda kabinetda o‘tirib emas, pastda yurib amalga oshirish zarur.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Chinoz tumanining o‘zida 136 ming aholimiz yashaydi. Tuman aholisi ishsiz bo‘lishi mumkin emas. Sababi Chinoz qishloq xo‘jaligida juda katta imkoniyat bor: bepoyon yer, suv, infrastruktura mavjud, odamlari mehnatkash. Har bir uyda, har bir ko‘chada madaniyat bo‘lishi kerak. Xalqimiz aytganidek, olma pish, og‘zimga tush, degan bilan natija bo‘lmaydi. Birgalikda harakat qilishimiz zarur. O‘zgarishlarni istasak, hammamiz ongli ravishda o‘zgarishimiz kerak”, — dedi Prezident.

Prezident jurnalistlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida hududdagi “Qo‘jakent tekstil grup” korxonasidagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. So‘nggi bir yarim oyda 100 ming dollarlik tayyor kiyimlar eksport qilgan mazkur tadbirkorlik subyektida ikki smenada 500 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Korxonaning o‘zida tikish-bichishni o‘rgatuvchi 200 o‘rinli o‘quv markazi ham ochilgan. Davlat rahbari mutasaddilarga tadbirkorlarga ko‘maklashib, bino va mablag‘lar ajratish, bunday kichik korxonalarni ko‘paytirish va 3 ming nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qilarkan, ularga ishonishini yana bir marta qayd etdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Bir yil oldin sizlar shunday edingizlarmi? Barchamiz shunday edikmi? Hamma tanqid qilishni biladi, lekin uch yil oldin ommaviy axborot vositalariga munosabat qanday edi? Men Namanganda aytgan edim: sizlarning orqalaringda Prezident turibdi. Yana qaytaraman, men sizlarga ishonaman, albatta, adolatli haqiqatni xalqimizga yetkazib berasizlar. Lekin biz ko‘p narsani birgalikda o‘rganyapmiz. Sizlarning ham saviyalaringiz oshyapti, xalqimizning ham saviyasi, ishonchi oshib boryapti. Biror masalani adolatli ko‘tarib chiqish uchun sizlarning ham bilim, ham ilmlaringiz, tajribalaringiz, tahlil qilish qobiliyatlaringiz muntazam o‘sib borishi kerak. Har bir aytilayotgan gapning borini, rostini yetkazish kerak. 2 yil oldin qanaqa edi, 20 yil avval qanday edi?”, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev

“Shovvozsoy”ga oid gap-so‘zlarga munosabat bildirdi

Prezident kunning ikkinchi yarmida birinchi raqamli vertolyotda Quyi Chirchiq tumaniga yo‘l oldi. Hududdagi “TST Sluster” klasteri tomonidan bunyod etilgan sholini qayta ishlash zavodi faoliyati bilan tanishdi.

Kadr: Telegram / ”Mikrofon ko‘targan ayol” kanali

Davlat rahbari shu yerning o‘zida yana jurnalistlar bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyevga kutilmagan savol berildi, ya’ni oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotgan “Shovvozsoy” dam olish zonasi bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oid savolga Prezident quyidagicha javob qaytardi:

“Bu ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ning davlat korxonasi. Hech kim u yerda turib yashamaydi yoki birovga o‘tkazilgani yo‘q. U davlatning joyi. Prezidentning nima aloqasi bor? Prezident ham agar qandaydir martabali, O‘zbekistonga foydasi tegadigan inson kelsa boradi.

Aytmaysizlarmi, Prezident bilan biz piyoda yuramiz, sizlar ham kelib, bir marta piyoda yurib ko‘ringlar deb. Keyin Prezident 5 yilda necha marta dam olibdi ekan, degan savolni nega bermaysizlar?”.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda Prezident o‘zi to‘g‘risidagi mish-mishlarga izoh berish holati shu vaqtga qadar hech qachon kuzatilmagan.

“Chirchiqni innovatsion shahar qilish mumkin”

Davlat rahbarining keyingi tashrif manzili – Chirchiq shahridagi “Shodlik” mahallasi bo‘ldi. U yerda qurilgan jami 288 xonadondan iborat 4 ta 16 qavatli uylarning barchasi joriy yil yakunigacha foydalanishga topshiriladi. Prezident qurilishning borishi bilan tanishdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘sha yerda Chirchiq shahrini rivojlantirish bo‘yicha bosh reja muhokama qilindi. Yangi turar joylar qurish, eski uylarni renovatsiya qilish, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanib, yangi loyihalarni joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Chirchiqni innovatsion, investitsion shahar qilish mumkin. Shuning uchun hamma binolarni inventarizatsiyadan o‘tkazish kerak. Bu yerda hamma infratuzilma bor. Avtomobil va temir yo‘llarning o‘tkazuvchanligini oshirish, jamoat transportini rivojlantirish kerak. Qulaylik yaratilsa, aholi ham, ishbilarmonlar ham keladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident Chirchiq shahar issiqlik ta’minot korxonasini ham borib ko‘rdi. U yerda Turkiya texnologiyasi asosida yangi qozonxona barpo etilmoqda. Loyihaning qiymati 16 million dollardan ziyod bo‘lib, Jahon banki krediti asosida moliyalashtiriladi. Shuningdek, viloyatda elektr energiyasi, issiqlik, ichimlik suvi ta’minoti hamda shaharlarda kommunal xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha rejalar taqdimoti o‘tkazildi.

“Chirchiq oxirgi vaqtlarda ancha ‘charchab’ qolgandi”

Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahar issiqlik ta’minot korxonasidan chiqqach, tashrif dasturiga ko‘ra, korxona yonidagi “Lola” mahallasiga kirib borishi kerak edi. Ammo davlat rahbari dastlab shu atrofdagi “Ittifoq” MFYni ko‘zdan kechirishga qaror qildi. Prezidentning kutilmagan tashrifini ko‘rgan yohud bir-biridan eshitgan hudud aholisi minnatdorlik so‘zlari, o‘z muammo va istaklarini aytish uchun davlat rahbariga talpindi. Shavkat Mirziyoyev salkam bir soat ushbu mahallani piyoda aylanib, odamlarni qiynayotgan masalalar va talablarini so‘rab, ularga quloq tutdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Chirchiq bir paytlar dong‘i ketgan shahar edi. Oxirgi vaqtlarda ancha ‘charchab’ qolgandi. Tegirmon navbati bilan degandek, endi bu yerda ham hamma sharoitlarni yaratamiz. Sanoatni ko‘tarish, ish joylari ochish, yo‘lni, issiqlik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha katta ishlarni boshlayapmiz”, dedi davlat rahbari.

Ko‘p qavatli uylar atrofidagi oqlanmagan daraxtlar, chiqindiga to‘lgan ariqlar, yo‘laklarning ahvolini ko‘rgan va aholining muammolarini eshitgan Prezident “Ittifoq”ning sektor rahbari — Chirchiq shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘iga qattiq tanbeh berdi. Bundan tashqari, mutasaddi tashkilot rahbarlari zimmasiga aholini qiynayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha topshiriqlar yukladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev mahalladagi 7-umumta’lim maktabiga ham kirib, o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. Prezidentni ko‘rishni orzu qilib, davlat rahbari oldiga chiqqan bolani bag‘riga bosib suratga tushdi, 80 yoshli nuroniy Tatyana Karimova bilan muloqot qildi, tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan yigitga yer ajratish bo‘yicha shahar hokimiga ko‘rsatma berdi.

Shundan so‘ng davlat rahbari “Lola” mahallasida ham bo‘ldi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila xonadoniga kirib, hol-ahvol so‘radi. Yo‘l-yo‘lakay mehnat faxriylari bilan norasmiy va samimiy tarzda suhbat bo‘ldi. Ular mamlakatdagi tinchlik-osoyishtalik, Chirchiq shahridagi o‘zgarishlardan mamnun ekanini aytib, duolar qildi.

Prezident shuningdek, Yuqori Chirchiq tumanidagi yirik yig‘ma temir-beton panellari tayyorlashga ixtisoslashgan “Yevro Global Invest” korxonasida ham bo‘ldi. Shu yerda 2021—2022-yillarda Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

“Toshkent viloyati bo‘yicha alohida qonun qabul qilamiz”

Tashrifning ikkinchi kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari 28-sessiyasi bilan boshlandi. Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev qariyb olti soat tik turib, nutq so‘zladi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda kechgan sessiyada davlat rahbari yoshlar va faollarning takliflarini eshitdi, viloyatdagi ayrim hokimlarning faoliyatidan qoniqmasligini aytdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Hokimlarda tashabbus yetishmayapti. Kecha Chirchiqqa borganimdan xabaringiz bor, u shahardagi ahvolga maymunlar yig‘laydi. Bu shaharning ahvoli meni qattiq o‘yga toldirdi. Mayli, infrastruktura muammosi bordir, lekin daraxtni oqlasa, ariqlarni tozalasa bo‘ladi-ku. Men qayerga borishimni aytmayman, deganman.

Necha kishiga oylik beryapmiz, prokuror, soliqchi, ichki ishlar... Nega xalq orasiga kirib muammolarni o‘rganmaydi? Minglab aholi ‘uy bering‘, deb turibdi. Nega hech kim Buxoro tajribasini o‘rganmaydi? Buxoroda qiyin bo‘lsa ham ikki qavatli uylar o‘rniga qancha uylar barpo qilindi. Chirchiq shahrida ham katta o‘zgarishlarni amalga oshiramiz”, dedi Prezident.

Davlat rahbari Toshkent viloyati bo‘yicha alohida qonun qabul qilinishini ta’kidladi.

“Toshkent viloyatidagi eng jiddiy muammolardan biri nima, desangiz aytaman – yerga bo‘lgan munosabat. Umuman, Toshkent viloyatida agronomlik sohasida jiddiy muammolar bor. Endi Toshkent viloyatidagi yerlarning holatiga bevosita bosh prokuror mas’ul va javobgar bo‘ladi. Bu viloyat bilan shaxsan o‘zim shug‘ullanaman, bevosita mening nazoratimda bo‘ladi. Shuning uchun, masala jiddiyligini inobatga olib, Toshkent viloyati bo‘yicha alohida qonun qabul qilamiz. Mayli, u vaqtincha bo‘lsin, lekin Toshkent viloyatidagi vaziyatni o‘nglamasak bo‘lmaydi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Majlisda joriy yilning fevral oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Davron Hidoyatov viloyat rahbari lavozimiga rasman tasdiqlandi. So‘ngra viloyatni kompleks rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalish va vazifalar muhokama qilindi.

Sessiyadan keyin Prezident Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi. Shavkat Mirziyoyevga Nurafshon shahrining bosh rejasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Muallif:Mirolim Isajonov

Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
40
0
xs.uz

Hindiston va Nepalda kuchli yogʻingarchilik hamda chaqmoq urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi

Hindiston va Nepalning baʼzi hududlarida mavsumiy kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 9-aprel, chorshanba kuni boshlangan kuchli yogʻingarchilik ayni vaqtda ham davom etmoqda. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik oqibatida 100 nafardan ortiq inson halok boʻlgan.Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti Hindistonning 'Bihar' hududida soʻnggi ikki kun ichidagi yogʻingarchilik oqibatida ha

21 Apr 08:34
 
377
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi

Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo

16 Apr 15:12
 
46
0
xs.uz

AQSH Ukrainaning “qarzini” uch barobarga kamaytirdi

Kiyev vakillari bilan muzokaralar yakuniga koʻra, AQSH Ukrainaga ajratilgan yordam uchun ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha oʻz talablarini uch barobarga qisqartirgan. Bu haqda 'Bloomberg' vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Oʻtgan hafta Vashingtonda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakuniga koʻra, prezident Donald Tramp maʼmuriyati koʻrsatilgan yordam miqdorini 300 milliard dollardan 100 milliard dollarga tushirdi', ' deyiladi manbada.Agentlik manbalariga koʻra, O

22 Mar 08:54
 
58
0
xs.uz

Eynshteynning mashhur surati rekord narxga sotildi

Bu surat 1951-yil 14-martda fotograf Artur Sass tomonidan olingan. Oʻsha kuni Eynshteyn oʻzining 72 yoshini nishonlagan, ziyofat tugagach, u doʻstlarining uyiga olib borib qoʻyish taklifidan foydalangan. Olim avtomobilga oʻtirishi bilanoq, reportyor undan suratga tushishni soʻragan. Kameralardan charchagan olim buning oʻrniga tilini koʻrsatgan ' shu tariqa ramziy kadr paydo boʻlgan.Keyinchalik Eynshteyn gazetada ushbu suratni koʻrib, imzo chekish va doʻstlariga sovgʻa qilish uchun un