calendar 03 Feb 17:30
eye 14
comments 0
comments Manba: qalampir

TikTok’dan foydalanish tartibi o'zgartiriladi

image
image

TikTok noto'g'ri maʻlumotlarning tarqalishiga qarshi kurashish uchun yangi xususiyatni ishga tushirmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning xizmat bo'limida maʻlumot berilgan.

Qayd etilishicha, agar videodagi maʻlumotlarning to'g'riligini tekshirish imkoni bo'lmasa, video "tasdiqlanmagan material" sifatida belgilanadi.

"Agar TikTok foydalanuvchisi "tasdiqlanmagan material"ni boshqalar bilan baham ko'rishga harakat qilsa, kontent tasdiqlanmaganligi haqida ogohlantirish beriladi. Shu orqali foydalanuvchiga yana bir bor o'ylab ko'rishga imkon yaratiladi", deyiladi rasmiy xabarda.

Maʻlum qilinishicha, ushbu yangi funktsiya sinovdan o'tkazilgan. Natijalarga ko'ra, "tasdiqlanmagan materiallar"ga layklar soni 7 foizga, baham ko'rishlar soni 24 foizga kamaygan.

Bugun, 3 fevral kuni AQSh va Kanadada ishga tushirilgan ushbu yangi funktsiya butun dunyo bo'ylab ham bir necha hafta ichida ishlay boshlaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 May 12:48
 
17
0
qalampir.uz

Tashqi kuchlar Gruziyada davlat to‘ntarishi qilishga urinyapti – Tbilisi meri 

Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi bosh kotibi, Tbilisi meri Kaxa Kaladze namoyishlarni izohlar ekan, tashqi kuchlar mamlakatda davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinayotganini aytdi. Bu haqda “Rustavi 2” telekanali xabar berdi. “Albatta, tashqaridan mamlakatda to‘ntarish, inqilob uyushtirishga urinish bor. Bunga hatto mitingga kelgan xorijliklar ham misol bo‘la oladi”, deydi Kaladze. Kecha, 15 may kuni Tbilisida parlament binosi oldida qa

14 May 14:33
 
25
0
qalampir.uz

Uch yashar qizaloqni kaltaklab, oyog‘ini sindirgan otaga nisbatan jinoyat ishi ochildi 

Avvalroq, Qirg‘izistonning Chuy viloyati Issiq-Ota tumanida 28 yoshli erkak uch yashar qizalog‘ini kaltaklab, itlar bilan bir qafasga qamab qo‘ygani haqida xabar bergandik. Hozirda o‘gay otaga nisbatan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsda saqlanmoqda. Bu haqda davlat Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Erkebek Ashirxo‘jayevga tayanib, “24kg” nashri yozdi. Qayd etilishicha, qizaloqning onasi ham javobgarlikka tortiladi. Biroq ayolning besh oylik homilasi bor, shu sab

16 May 18:35
 
23
0
qalampir.uz

Suiqasdga uchragan Slovakiya Bosh vaziri yana operatsiya qilinadi – OAV

Kecha, 15 may kuni suiqasdga uchragan Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso yana bir operatsiyani boshdan kechiradi. Bu haqda “Pravda” axborot portali xabar berdi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, 15 may kuni besh soat davom etgan operatsiya davomida shifokorlar Fitsoning qorin bo‘shlig‘idagi qon ketishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Qon to‘xtatuvchi dorilar muammoga olib kelishi mumkin. Bosh vazir son bo‘g‘imidagi operatsiyani kutmoqda. Shu bilan birga, Slovakiya

15 May 19:00
 
26
0
qalampir.uz

Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatida hujum taktikasini o‘zgartirdi – ISW

Rossiyaning Xarkov viloyati shimolidagi hujum operatsiyalari sur’ati so‘nggi 24 soat ichida sekinlashdi. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish institutining (ISW) hisobotida so‘z boradi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining hujumkor faoliyatining tabiati Xarkov viloyatiga chuqurroq kirib borish emas, balki chegara hududida bufer zonani yaratishga ustuvorlik berilgani haqidagi baholashga mos keladi. Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig