“Yeyayotganingizda u qimirlaydi”: Dunyo mamlakatlaridagi eng antiqa yeguliklar (foto)

Sayohat davomida sayyohlar ko‘plab g‘ayrioddiy voqealarga duch keladi va yillar o‘tgandan keyin ham ular o‘z taassurotlarini yaqinlari bilan o‘rtoqlashib yuradi. Ayniqsa, taom borasidagi xotiralar boshqa mamlakatga tashrif buyurgan sayyoh hayotida unutilmas va qiziqarli voqealarga sabab bo‘ladi. Bugun eng antiqa hid va ta’mga ega bo‘lgan ovqatni qayerda tatib ko‘rish kerak, degan savolga “RIA Novosti” e’lon qilgan fotosuratlar orqali javob topamiz.
Chirigan baliq
Karbamid moddasi miqdorining yuqoriligi sababli qutb akulasi go‘shti zaharli deb hisoblana boshladi. Shu sababli ham islandiyalik vikinglar xaukarl, ya’ni chirigan baliq tayyorlashni o‘rgandi. Ushbu taomni uzoq safarga otlanganingizda o‘zingiz bilan birga olib ketishingiz mumkin.
Tayyorlanishi juda oddiy: baliq go‘shtini mayda toshlar solingan idishga terib qo‘yasiz, shunda baliqdagi suyuqliklar oqib chiqib ketishi oson bo‘ladi. Vaqt o‘tgach, ularni ilgaklarga osib, yana ikki oydan to‘rt oygacha quritasiz. Ta’mi qaynatilgan oq baliqni eslatadi, lekin hidi yoqimsizroq bo‘ladi.
Durian
“Do‘zax tashqarida, jannat ichkarida” – bu Tailanddagi durianga berilgan ta’rif. Uning ko‘rinishini ko‘rganingizdan so‘ng nega unday deyilganiga guvoh bo‘lasiz. U faqat ta’mi uchungina emas, balki hidi uchun ham sizni hayratga solishi aniq. Durianning hidi chirigan go‘sht, eski paypoq, piyoz va sarimsoqpiyoz hidlariga taqqoslangan.
“Ta’til vaqtida turmush o‘rtog‘im bilan durianli muzqaymoq sotib olishga qaror qildik. U to‘q sariq rangda edi, deyarli mangoga o‘xshardi va ko‘rinishidan mazali deb o‘ylardi odam. Avval sutli qovunga o‘xshagan ta’m sezilgan bo‘lsa, keyin sarimsoqpiyozning ta’mini his qilish mumkin edi. Bu dahshat! Biz qolgan muzqaymoqni ortiq yeyolmadik”, — deydi moskvalik sayyoh Irina Lebedova. Irina o‘sha yerlik odamlar kulganini ko‘rib, bunday holatga duch kelgan birinchi sayyohlar biz emasmiz shekilli, degan xulosaga keldi.
Aynigan pishloq
Siz suratda ko‘rib turgan pishloqning vatani Italiyaning Sardiniya oroli hisoblanadi.
Tayyor pishloqlar yerto‘ladan pashshalar tuxum qo‘yishi uchun olib chiqiladi. So‘ng lichinkalar pishloq bilan oziqlanadi va ular chiqaradigan fermentlar pishloqning qolgan qismini yumshoq, qaymoqqa o‘xshagan shaklga keltiradi. Uning nomi “aynigan pishloq” deb tarjima qilinadi.
“Yaxshiyamki men pishloqni tatib ko‘rganimda uning tayyorlanishidan bexabar edim, aks holda sayohat davomida umuman ovqatlanmagan bo‘lardim”, — deb eslaydi moskavlik sayyoh Irina Pyatkova.
Yuz yillik tuxum
Xitoyda “yuz yillik tuxum” mashhur gazak hisoblanadi. Uni tayyorlash uchun mahsulotlar bir necha oy davomida havo kiritilmay, maxsus aralashma holatida saqlanishi kerak. To‘g‘ri tayyorlangan tuxumlar oqi elastik holatda, to‘q jigarrang va shaffof ko‘rinishda bo‘ladi. Tuxumning sarig‘i esa yumshoq bo‘lib, och kulrangdan qora ranggacha, kuchli ammiak hidiga ega bo‘ladi.
Tozalangan tuxumlar yuzasida qishda derazalarda paydo bo‘ladigan muzli naqshlar kabi belgilar paydo bo‘ladi.
Dengiz bodringi
Xitoy dengiz bodringi qisqichbaqa go‘shti yoki qora ikra taomlari kabi tansiq ovqat sifatida qadrlanadi. U suv yuzasida yashaydi, tashqaridan tikanli qurtga o‘xshab ketadi. Juda foydali hisoblanadi.
“Uning ta’mi yumshoq qisqichbaqalarni eslatadi, ammo negadir ko‘rinishi yoqimsizroq”, — deydi Olga Lazereva.
Tirik sakkizoyoqlar
Janubiy koreyaliklar tirik sakkizoyoqlarni butunicha yoki harakatlanayotgan qismlarini iste’mol qiladi. Mollyuskalar ustiga kunjut moyi quyiladi va turli ziravorlar sepiladi. Taom “sannakchi” deb nomlanadi.
“U xuddi rezinkaga o‘xshaydi, lekin bu hammasi emas! Taomni iste’mol qilayotganingizda sakkizoyoqlar tomog‘ingizga yopishib oladi, xuddi hayot uchun kurashayotganday!”, — deydi Olga Lazereva.
Vedjimayt
Vedjimayt – Avstraliyaning milliy taomi bo‘lib, xamirturush qo‘shib tayyorlangan quyuq, to‘q jigarrang ko‘rinishidagi xamirli taom.
“Bu taom faqat avstraliyaliklar uchun, uni boshqalar tatib ko‘rishni istamaydi. Sayyohlar ushbu taomni uyga olib kelgach va tatib ko‘rgach, ularning yuzidagi ifoda juda kulgili holatda bo‘ladi", — deydi Melburnda yashovchi talaba qiz Anjelika.
Syurstremming
Syurstryomming shvedlarning milliy mahsuloti bo‘lib, u tuzlangan seld konservasidan iborat. Shvedlar ushbu mahsulotni qaynatilgan kartoshka, piyoz, pomidor va non bilan birgalikda iste’mol qiladi.
Baqa panjasi
Baqa panjalari fransuz taomlari menyusiga kiradi. Ushbu taomning ommalashib ketishida cherkovning “ayb”i bor. Ro‘za mahalida ko‘p go‘sht yeyish taqiqlab qo‘yilgan edi, natijada qurbaqa oyoqlari arzon muqobilga aylandi.
Qizil va qora ikra
Qizil va qora ikra – chet elliklar uchun tavsiya etiladigan eng mashhur rus xalqining o‘ziga xos ta’mlaridan biri. Ammo sayyohlarga ko‘pincha bu g‘alati taom sifatida ko‘rinadi. “Amerikalik do‘stlarimning hammasi ham bu taomdan tatib ko‘rishga jur’at qilmaydi. Tatib ko‘rganlar esa bir qoshiq bilan cheklanadi”, — deydi dasturchi Vadim Getskiy.
“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi
Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar
Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi
Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.
Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi
Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish
AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp