Piyoz o'ta xavfli kasallikka qarshi kurashishda yordam beradi

Sholg'omsimon dumaloq piyoz saraton kasalligiga qarshi kurashishda yuqori potentsialga ega oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Ushbu sabzavot taqiqlanmagan odamlarga mutaxassislar kuniga bitta kichkina piyozdan isteʻmol qilib turishni maslahat berishadi.
Rossiyalik diyetolog Mixail Ginzburgning aytishicha, ko'pchilikda saratonning mudrab yotgan o'choqlari mavjud. Bir kuni ular uyg'onib, faollashib ketishi hyech gap emas. Ustiga-ustak, yallig'lanish boshlanmasidan avval jarayon tiklab bo'lmas darajaga yetgan bo'lishi ham mumkin: bunda o'sma to'xtovsiz o'sa boshlaydi.
Ammo baʻzi oziq-ovqat mahsulotlari isteʻmol qilib turilsa, ular o'smaning embrioniga ularning oziqlanishini taʻminlaydigan qon tomirlariga o'sishiga yo'l qo'ymaydi. Ana shunday mahsulotlardan biri piyozdir.
Piyoz tarkibida qon tomir devorlarini mustahkamlaydigan va umumiy yallig'lanishga qarshi kurashadigan kvertitsin bor. Piyozdan tashqari onkostatik taʻsirga sarimsoq, kurkuma, zanjabil egalik qiladi.
Diyetologning so'zlariga ko'ra, piyozning, ayniqsa, qizil navi foydali. Uning tarkibida antioksidantlarning eng yuqori dozasi mavjud. "Zamin" yangiliklarini "Facebook"da kuzatib boring
Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi
Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa
Fargʻonada “Moskvich” kanalga tushib ketdi (+video)
Bugun, 12-aprel kuni Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanalga 'Moskvich' rusumli avtomobil haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketgan.Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati FVBga '112' qisqa raqami orqali amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.Murojaatga asosan, hududiy Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va ularning tezkor harakatlari natijasida avtotransport vositasi suvdan chiqari
IIB qidiruvidagi shaxs Navoiyda qoʻlga olindi
Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruv eʼlon qilingan shaxs Navoiy viloyatida qoʻlga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Gʻijduvon tumani 'Zarangari' mahallasida roʻyxatda turuvchi T.Y. ismli fuqaro muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Shundan soʻng unga nisbatan tuman IIB qidiruv eʼlon qilgan.Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiru
Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19