calendar 29 Jan 20:10
eye 51
comments 0
comments Manba: daryo

“Tottenhem” sobiq murabbiyi: “Garet Beyl hatto butsalari ipini bog‘lashga ham qodir emasdek ko‘rinmoqda”

image

“Tottenhem” sobiq bosh murabbiyi Harri Rednapp “shporlar” safida ijara asosida harakat qilayotgan hujumchi Garet Beyl haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Sky Sports

Agar “Tottenhem”da bo‘lmasa, u yana qayerda o‘ynamoqchi? Balki, oson variantni tanlash yaxshidir — Amerika yoki Xitoy?

Beyl o‘z o‘yini bilan Mourinyoni ishontira olmayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Hurmatsizlik qilmoqchi emasman, ammo shunday tasavvur borki, u hatto butsalari ipini bog‘lashga ham qodir emasdek. Beyl jamoadoshlari bilan solishtirgan “Tottenhem”ga xuddi o‘zga sayyoradan kelib qolganga o‘xshaydi.

Uni olib kelish Mourinyoning fikrimi yoki yo‘q, bilmayman. Ko‘rinishidan, Beyl Jozega yoqadi deb bo‘lmaydi. Katta ehtimol bilan uni Daniel Levi (“Tottenhem” prezidenti — izoh “Daryo”) qaytargan.

Harri Rednapp, “Tottenhem” sobiq bosh murabbiyi

Beyl 2020-yilning yozida “Real”dan ijara asosida “Tottenhem” safiga kelib qo‘shildi. Uelslik futbolchi londonliklar safida joriy mavsum 14 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
52
0
postda.uz

Кучлар яшил майдонда синалди

Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи кубоги учун соҳавий хизматлар ҳамда ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари ходимлари ўртасида мини футбол мусобақаси бўлиб ўтди. Икки кун давом этган ва 19 та жамоа қатнашган баҳсларда биринчи ўринни Жиззах шаҳар ИИБ жамоаси қўлга киритди.

15 Apr 07:06
 
43
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

Арқонда сакраш

Саломатлик Арқонда сакраш ✅ 15 дақиқа арқондан сакраш 60 дақиқа югуришга тенг. Мунтазам арқонда сакраш билан шуғуллансангиз, сизда ёғ тўпланиши камаяди.✅ Бундан ташқари, арқонда сакраш юрак мушаклари учун фойдали бўлиб, қон босими ва нафас ритмини нормаллаштиради, юр

22 Mar 08:55
 
62
0
xs.uz

O‘zbekiston terma jamoasi veloshosse bo‘yicha “Tailand tur”da qatnashadi

Boisi, 24-mart sanasidan boshlab, bu yurt veloshosse bo'yicha 'Tour of Thailand' ko'p kunlik poygasi start oladi.Besh kun davom etadigan mu terma jamoamiz a'zolari ham ishtirok etadi.Tarkibimiz quyidagicha:Alimardon JamoliddinovDiyor ToxirovDmitriy BocharovFarrux BobosherovVladislav TromanNikita Svetkov.