Saylov qonunchiligi: oʻzgartish va qoʻshimcha kiritishga zarurat bormi?


Joriy yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida yana bir katta siyosiy voqea — Prezidentlik saylovi boʻlib oʻtadi. Demak, boʻlajak saylovni milliy qonunchiligimiz va umumeʼtirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuksak saviyada oʻtkazishga katta ahamiyat qaratish lozim boʻladi.
Shu sababli “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha «Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturiga muvofiq, saylov qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqilgan “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi bir qator yangi normalarni oʻzida aks ettirgan.
Birinchidan, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilib, ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanmoqda.
Chunki tahlillarga koʻra, har bir okrug oʻrtacha 1-3 ta saylov uchastkalari doirasi bilan cheklangan boʻlib, amaliyotda bir necha yillardan beri samarasiz faoliyat yuritib kelmoqda. Bu esa Davlat byudjetiga qoʻshimcha xarajatlarni koʻpaytirmoqda. Maqbullashtirish natijasida esa 54 mingdan ortiq aʼzodan iborat 5 739 ta okrug saylov komissiyalari tugatilib, 33,2 mlrd soʻm mablagʻ iqtisod qilinadi.
Ikkinchidan, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida, harbiy qismlarda tashkil etilgan saylov uchastkalarini kuzatuvchilar oʻz tashrifi haqida kamida 3 kun oldin xabardor qilish tartibi belgilanmoqda.
Uchinchidan, saylovoldi tashviqoti davrida davlat resurslaridan foydalanish taqiqlanmoqda. Masalan, davlat xizmatchilariga, agar ular ishonchli vakil boʻlmasa, shuningdek, harbiy xizmatchilarga, diniy tashkilotlar xizmatchilariga, sudyalarga saylovoldi tashviqotini olib borish taqiqlanmoqda.
Saylovlarning dekabr oyida oʻtkazilishi saylovlardan keyingi siyosiy tadbirlar parlament birinchi majlisini oʻtkazish, Hukumatni shakllantirish, davlat rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi kabi muhim siyosiy jarayonlar yangi yilning birinchi choragiga toʻgʻri kelmoqda. Bu Davlat dasturini qabul qilish va boshqa islohotlar kechiktirilishiga sabab boʻlayotgani va boshqa omillarni hisobga olgan holda, Oʻzbekistonda Prezident saylovining oktyabr oyda oʻtkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa shuki, boʻlajak saylovlar mamlakatimiz milliy taraqqiyotining hozirgi bosqichida xalqimiz oʻzi tanlagan yuksalish yoʻlidan ildam borayotganini, islohotlarning orqaga qaytmas tus olganligini namoyon etadi. Caylov qonunchiligiga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar esa Oʻzbekistonning jahon mamlakatlari demokratiya indeksidagi oʻrnini yana-da yaxshilashga xizmat qiladi.
Abdulla ROʻZMETOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
Shahar va viloyatlarda odam tashish huquqi boʻyicha tender eʼlon qilindi
Ushbu tender Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Qarorga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha tenderlar elektron shaklda tashkil etilishi belgilangan.Jarayon 15-may kuni soat 14:00 da start oladi. Takliflarni e-tender.uztrans.uz platformasi orqali taqdim qilish mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida toʻqimachilik klasteri bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 'WBM Romitex' klasterining Andijon shahrida qurilgan yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.'WBM Fabrics' nomli ushbu korxona qayta ishlash zanjirining navbatdagi bosqichi. Umumiy qiymati 50 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, Italiya va Germaniyadan yuqori texnologik uskunalar keltirib o'rnatildi. Matoni bo'yash va gul solish yo'lga qo'yildi. Korxona yiliga 24 ming tonna shunday xaridorgir mahsulot tayyorlash quvvat
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak
Oʻzbekiston Fransiyadan 14 ta yangi “Airbus” samolyotini xarid qiladi
Bu borada elchilarimiz ishtirokida boshqa davlatlarda ham targʻibot ishlarini faollashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.Masalan, Xitoyning eng olis provinsiyalari, Gonkongdan ham sayyohlar kelishni boshladi. Yoki, Polshaga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilgani uchun ushbu mamlakatdan sayyohlar 7 karra oshdi, butun Sharqiy Yevropadan turist olib kelish imkoni paydo boʻldi.Fransiyaga tashrifda 14 ta yangi zamonaviy 'Airbus' samolyotini xarid qilish, yana 5 tasini ijaraga olishga kelishildi, 'Boei