calendar 29 Jan 17:30
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir

Afg'onistonga AQSh vakillari tashrif buyuradi

image
image

AQShning bir guruh rasmiylari Afg'onistondagi mojarolarni tinch yo'l bilan hal qilish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish uchun Kobulga keladi. Bu haqda Afg'oniston Respublikasi Prezidenti Ashraf G'ani Aspen xavfsizlik forumida, video formatdagi nutqi paytida aytib o'tdi.

Uning taʻkidlashicha, Qo'shma Shtatlar bir guruh xodimlarni Kobulga jo'natmoqchi. 

"Shuningdek, mojarolarni biz tinch yo'l bilan hal qilish jarayonini tezlashtirish, belgilangan maqsadga erishishni taʻminlash bo'yicha videoaloqa orqali maslahatlashuvlar o'tkazamiz", deya qo'shimcha qildi G'ani. Afg'oniston Prezidenti AQSh Prezidenti Jo Baydenning telefon qo'ng'irog'ini kutayotganini aytgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSh Afg'onistondagi vaziyatga eʻtiborini kuchaytirishi haqida xabar bergan edik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
55
0
xs.uz

Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda

Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy

18 Apr 11:08
 
29
0
xs.uz

Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni sinovdan oʻtkazdi

Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni muvaffaqiyat sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu qurol dronlar toʻdasini bir zumda zararsizlantirishi mumkin.'Urush tabiati oʻzgarganda, bu qurollar dron tahdidlaridan himoyalanish imkoniyatiga ega', ' deyiladi vazirlik bayonotida. Qayd etilishicha, bu qurol yoʻnaltirilgan radiochastota energiya qurolining bir turi hisoblanadi.Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, radiotoʻlqinli qurollar sohasida tadqiq

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp

16 Apr 09:12
 
31
0
xs.uz

2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi

2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil