calendar 29 Jan 15:31
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir

Toshkentda Islom Karimovni xotirlash haftaligi o'tkazilyapti (fotoreportaj)

image
image

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov xotirasini abadiylashtirish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq 2021 yil 25-30 yanvar kunlari Birinchi Prezident tavallud kunini nishonlash xaftaligi o'tkazilyapti.

Haftalik doirasida,O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʻrifiy yodgorlik majmuasida Xotira kechasi o'tkazildi

Kechani O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova videomurojaat bilan ochdi. Karimova murojaatida shunday dedi:

"Assalomu alaykum, aziz dustlar!

Barchangizni O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning tug'ilgan kuniga bag'ishlangan Xotira kechasida kutib olishdan mamnunman.

O'tgan yil nafaqat O'zbekiston uchun, balki butun dunyo uchun oson bo'lmadi. Barcha sinovlarga qaramay, butun xalq Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev atrofida to'planib, uning rahbarligida mustaqil davlatimiz asoslarini ishonchli tarzda mustahkamlashda davom etmoqda.

Yiliga ikki marta O'zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish bo'yicha tadbirlarni o'tkazish yaxshi anʻanaga aylanganidan juda xursandman.

So'nggi yillarda nafaqat Toshkentda, balki Nukus, Urganch, Farg'ona va boshqa shaharlarda ham ko'plab unutilmas voqealar bo'lib o'tdi, u yerda odamlar Islom Abdug'aniyevichning xotirasiga samimiy mehr va ehtirom ko'rsatdilar.

Siz bugun tashrif buyurishingiz mumkin bo'lgan "Butun olamni jo qilgan yurak" ko'rgazmasi poytaxtimizdagi eng ko'p tashrif buyuriladigan muzey ashyolaridan biriga aylandi. Bu yerga har doim kelganimda, men doim bolalar, yoshlarni, poytaxtimiz mehmonlarini ko'raman. Bu meni juda xursand qiladi va odamlarning yaqinlashishi, samimiy minnatdorlik so'zlarini izhor etishi hamda Islom Karimovning xotirasini qadrlashi chuqur taʻsir qiladi. Ko'rgazmada siz tez-tez Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltiradigan, shu bilan mamlakatimizga va uning tarixiga hurmat ko'rsatadigan xorijiy davlatlarning vakillarini ko'rishingiz mumkin.

Odamlar Islom Karimovning Hazrat Xizr majmuasidagi maqbarasiga, shuningdek, uning Samarqand, Toshkent va Qarshidagi yodgorliklariga doimiy ravishda kelishidan chin dildan xursandman.

Ushbu bayram haftasida Birinchi Prezidentimiz xotiralarini qadrlaydigan insonlarni birlashtirgan unutilmas tadbirlar o'tkazildi. Bugungi uchrashuv ularning davomidir.

Bizning oldimizda Islom Abdug'aniyevichning do'stlari, tarixchilar, yozuvchilar, jamoat arboblari chiqish qiladi, bizni bayram dasturi kutmoqda.

Kechamizda Akbar Mirzoning O'zbekistonning terrorizm namoyon bo'lishiga qarshi fidokorona kurashi haqidagi tetralogiyasidan "Sunggi Nido" kitobining rus tiliga tarjimasi, shuningdek, Amirqul Karimovning "Istiqlol tarixidan lavhalar" to'plami taqdim etiladi. Unda muallif mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillari haqidagi xotiralarini baham ko'rgan.

Ishonchim komilki, ushbu kitoblarning har biri O'zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga bag'ishlangan kitoblar turkumiga munosib qo'shimcha bo'ladi.

Fursatdan foydalanib, ushbu kechaning barcha mehmonlari, ishtirokchilari va tashkilotchilariga Islom Abdug'aniyevichning iliq xotirasi uchun o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

Umid qilamanki, bu oqshom hammamizga yengil qayg'u hissi bilan birga yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi.

Aziz do'stlar!

Barchangizga sog'lik, kuch-quvvat, muvaffaqiyat, omad, farovonlik, go'zal O'zbekistonimizga tinchlik va farovonlik tilayman! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bulsin! Etiboringiz uchun rahmat!"

Shuningdek, tadbirda,  Islom Karimovning do'stlari, zamondoshlari, ilm-fan va madaniyat arboblari, jamoatchilik vakillari Birinchi Prezident haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdilar.

Hozirgi kunga qadar O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasi chuqur ehtirom bilan yodga olib kelinyapti. Uning nomi mamlakatning qator ko'chalari, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent xalqaro aeroporti, Asaka avtomobil zavodi va Farg'ona sanʻat saroyiga berilgan. Eng asosiysi, uning xotirasi har bir o'zbekistonlikning qalbida chuqur hurmat bilan saqlanadi.

Xotira kechasi doirasida yuqorida aytilganidek, Akbar Mirzo tetralogiyasidan "So'ngi nido" kitobining rus tilidagi tarjimasi "Posledniy zov" kitobining hamda Amirqul Karimovning O'zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag'ishlangan "Istiqlol tarixidan lavhalar" to'plamining taqdimotlari bo'lib o'tdi.

Kecha mehmonlari va qatnashchilari O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdilar va "Butun olamni jo qilgan yurak" ko'rgazmalar ekspozitsiyasi bilan tanishdilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:43
 
48
0
xs.uz

Ertaga qay darajada issiq boʻladi? “Oʻzgidromet” ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

'Oʻzgidromet' 23-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.23-mart kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 23-25 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi tumanlarda kuchli boʻladi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metr

12 Apr 21:15
 
28
0
xs.uz

Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi

Hujjat bilan 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:Bunda 'mahalla yettiligi' tomonidan qoʻshimcha roʻyxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, aʼzolari I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan o

22 Mar 08:54
 
60
0
xs.uz

Rossiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan tabrikladi

O'zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaHurmatli Shavkat Miromonovich!Bahor ayyomi Navro'z munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.Rossiya-O'zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bilan o'zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni bundan buyon ham do'st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo'lida faol rivojlant

15 Apr 07:05
 
32
0
xs.uz

Serjantlar “Vatanga qasamyod” qilishdi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Bojxona qo'mitasi Raisi o'rinbosari O.Choriyev, O'zbekiston bojxona xizmati faxriylari, Bojxona organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, tegishli mas'ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda bojxona organlariga bilimli va malakali kadrlarni jalb etish, ularning kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi, yosh xodimlar esa bunga ja