Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida ayoli bilan yarashish maqsadida qaynotasining uyiga borgan erkak — o'zaro kelishmovchilik oqibatida turmush o'rtog'ini qasddan pichoqladi. Bu haqida «Sirdaryo Xabarlari» maʻlum qildi.
Sirdaryo viloyat prokuraturasining xabariga ko'ra, 2021 yil 24 yanvar kuni soat soat 16:30larda Sayxunobod tuman IIBga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tezkor xabar kelib tushgan. Unga ko'ra, 1988 yilda Sayxunobod tumanida tug'ilgan fuqaro, 2 nafar farzandning onasi Sh.R, Sayxunobod tumani «Shodlik» mahallasida yashovchi otasi N.S.ning xonadonida istiqomat qilayotgan vaqtida 1987 yilda Guliston shahrida tug'ilgan turmush o'rtog'i N.E. yarashish uchun kelib, Sh.R. bilan gaplashayotgan vaqtida o'zaro janjallashib qolgan.
Oqibatda N.E. o'zi bilan olib kelgan oshxona pichog'i bilan Sh.R. tanasining turli joylariga uch marotaba qasddan urgan. Ushbu janjalni eshitib qolgan qaynotasi N.S. kelib qolganligini ko'rib, o'ziga bog'liq bo'lmagan holda qo'lida bo'lgan oshxona pichog'ini tashlab, hodisa sodir bo'lgan joydan qochib ketgan.
«Sh.R. o'ng qovurg'a osti sohasi, orqa ikki kurak orasi sohasi hamda yuz sohasi chap chakkasi lo'nj qismi jarohatlari, post gematomik shok 1-2 darajasi" tashxisi bilan RShTYoIM Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo'limiga yotqizilgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki maʻlumotiga ko'ra, fuqaro N.Rasuljanovaga yetkazilgan tan jaroxatining og'irlik darajasi bo'yicha "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir shikast» deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan 24-yanvar kuni Sayxunobod tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro N.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, N.E. Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan
Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi
Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun o
Dollar va yevro kursi pastladi, rubl esa koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'30,16 soʻmga'tushdi va'12 964,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'17,40 soʻmga'pastlab,'14 744,45 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,60'soʻmga'oshdi va'158,28 soʻmni'tashkil qildi.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
Tramp dori vositalari va chiplarga ham boj joriy etmoqchi
Yangi bojlar sunʼiy intellekt, avtomobilsozlik va elektronika sohalarida katta ahamiyat kasb etuvchi chiplar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga qattiq zarba boʻlishi mumkin. Chunki bojlar narxlarning oshishiga va dorilarning tanqisligiga olib keladi.Tramp mahsulotlarni xorijdan olib kelish oʻrniga, ularni AQShda ishlab chiqarishni kuchaytirmoqchi. Lekin ishlab chiqarishni davlatning oʻziga koʻchirish yillarni talab qiladi va qimmatga tushadi.Taʼkidlash joiz, bojxona toʻlovlar