calendar 28 Jan 12:40
eye 76
comments 0
comments Manba: sof

DXX davlat chegarasidan dron yordamida o'tkazilgan «Makarov» to'pponchasini musodara qildi

image

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari harbiy xizmatchilari Qozog'iston chegarasidan mamlakat hududiga dron yordamida o'qotar qurolni o'tkazishga uringan shaxslarni qo'lga oldi. 

Maʻlum qilinishicha, DXX Chegara qo'shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda qurol-yarog' va o'q-dorilarning respublika hududiga kontrabanda yo'li bilan olib kirilishiga qarshi kurashish doirasida tezkor-qidiruv tadbiri o'tkazilgan.

Tadbir davomida kuzatuvga olingan Toshkent shahrida yashovchi ikki nafar fuqaro poytaxt viloyatining Toshkent tumanidan o'tuvchi o'zbek-qozoq davlat chegarasi yaqiniga kelib, Qozog'iston Respublikasi hududidan noqonuniy yo'l bilan o'tkazilgan o'qotar qurolni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko'ra, ushbu qurol o'q otish uchun yaroqli holatdagi «Makarov» nomli to'pponcha hisoblanib, uning o'qdonida 6 dona jangovar o'qlar bo'lgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, ushbu qurol Qozog'iston Respublikasida yashovchi shaxsdan 4 ming AQSh dollariga sotib olingan bo'lib, sotuvchi uni uchuvchisiz uchish apparati, yaʻni dron yordamida davlat chegarasidan o'tkazib bergan.

«Taʻkidlash lozimki, qo'lga olingan fuqarolarning biri 2012 yilda Jinoyat Kodeksining 97-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan bo'lsa, 2019 yilda 169-moddasi bilan aybli, deb topilib, unga nisbatan 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo'llanilib, Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan», deyiladi DXX matbuot xizmati xabarida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
35
0
xs.uz

Chet elliklar Oʻzbekistonga qanday maqsadlar bilan tashrif buyurmoqda?

Unga koʻra, yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda yurtimizga kelishgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 % ga koʻproq.Xorijliklarning 461 277 nafari qarindoshlarini yoʻqlash, 88 336 nafari xizmat yuzasidan, 75 392 nafari sayyohlik maqsadida, 41 196 nafari tijorat uchun, 8 966 nafari davolanish uchun boʻlsa, 3 508 nafari oʻqish maqsadlari bilan Oʻzbekistonga kelishgan.

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,77 soʻmga'tushdi va'12 969,56 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'10,96 soʻmga'pastlab,'14 768,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,58 soʻmga'oshdi va'157,09 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

NAVBAHORDA TARG‘IBOT TADBIRLARI

Navbahor tumanida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.Mutassaddilar tumanning “Mehnat” mahallasida issiqxona tashkil etilgan xonadonlarda bo‘lishdi. Jumladan, Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i, podpolkovnik F. Usmonov aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bahorgi mavsumda daraxt ko‘chatlari va ozuqabop ekinlarni ekish, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha shart-sharoitlari bilan tanishd

12 Apr 21:15
 
27
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'4,93 soʻmga'tushdi va'12 968,38 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'14,01 soʻmga'koʻtarilib,'14 343,03 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,18 soʻmga'oshdi va'152,37 soʻmni'tashkil qildi.