calendar 28 Jan 06:40
eye 52
comments 0
comments Manba: sof

O'zbekistonning korruptsiya bo'yicha xalqaro reytingdagi o'rni maʻlum bo'ldi

image

Transparency International 2020 yilgi Korruptsiyani qabul qilish indeksini eʻlon qildi.

Transparency International korruptsiyaga qarshi kurashish xalqaro nodavlat tashkiloti Korruptsiyani qabul qilish indeksining 2020 yil reytingini ishlab chiqdi

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xabariga ko'ra, O'zbekiston reytingda o'z o'rnini 7 pog'onaga o'zgartirib, 180 davlat orasida 146-o'rinni egalladi (2019 yilda 153-o'rin). 

Korruptsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korruptsiya darajasi bo'yicha ekspertlar va tadbirkorlar baholari asosida 0dan (korruptsiyani qabul qilishda eng yuqori ko'rsatkich) 100ga qadar (eng past) shkala bo'yicha hisob-kitob qilinadi.

Shu bilan bir qatorda, reytingda O'zbekiston 26 ballni qayd etdi.

Korruptsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korruptsiya darajasini aks ettirib, uni ishlab chiqishda qator manbalardan, shu jumladan, ekspertlar baholari va ishbilarmon doiralar vakillari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomalardan foydalaniladi.

Reytingda 88 ball bilan Daniya va Yangi Zelandiya yetakchilikni qo'lga kiritdi. Top-10 reytingdan Finlandiya, Singapur, Shvetsiya va Shveytsariya (85 balldan), Norvegiya (84), Niderlandiya (82), Germaniya va Lyuksemburg (80dan) ham joy oldi. 

Eng yomon ko'rsatkichni Somali, Janubiy Sudan (12 balldan), Suriya, (14 ball), Yaman va Venesuela (15 balldan) qayd etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
42
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

YPH faoliyatidan

Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus batalyon alohida safarbar otryadi YPX inspektorlari – kichik serjant Sherzod Topkanov va safdor Odil Toshquvvatov ichki ishlar organlarida 5 yildan buyon xizmat qilishmoqda. Poytaxtimizning Cho‘lpon va Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chalarida o‘tkir nigoh ila yo‘llarda harakat xavfsizliginii ta’minlayotgan kichik serjant Sh. Topkanov va safdor O. Toshquvvatov qoidabuzarlarga nisbatan chora ko‘rmoqda. Bular orasida spirtli ichimlik is

20 Mar 12:54
 
51
0
xs.uz

Barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati arzonladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 20-mart kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,17 soʻmga tushib, 12 926,51 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 72,09 soʻmga pasayib, 14 092,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,80 soʻmga tushdi va 156,00 soʻmni tashkil qildi.