calendar 30 Sep 06:20
eye 16
comments 0
comments Manba: zamin

Xitoyda Kiwigogo uchar avtomobili taqdimoti bo'lib o'tdi

image
Foto: Motor
Elektrokarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Xpeng kompaniyasi tomonidan Kiwigogo aeromobili prototipi taqdim qilindi, deb xabar beradi Motor.

Gigant oktokopterni esga soladigan uchar avtomobil ikki yo'lovchi uchun mo'ljallangan bo'lib, 5 metrdan 25 metr balandlikkacha parvoz qilishi mumkin. Taʻkidlanishicha, Kiwigogўga Alibaba va Foxconn hamda boshqa yirik korporatsiya investorlari tomonidan 1,7 milliard sarmoya kiritilgan.

Foto: Motor
Kiwigogo prototip bosqichida ekani tufayli hozircha Xpeng Heiteч, mazkur biznes va potentsial bozor istiqbollarini o'rganish bilan mashg'ul, deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, 2020 yilning sentyabr oyi o'rtalarida Turkiyaning Baykar kompaniyasi tomonidan Cezeri aeromobilining sinov parvozi muhrlangan video taqdim qilingandi. Cezeri 2 ming metr balandlikka ko'tarilishi, soatiga 100 km tezlikda 70-80 km masofani bosib o'tishi mumkin.

2019 yilda gollandiyaliklar tomonidan Pal-V taqdim qilingan va u Kiwigogo hamda Cezeri’dan farqli o'laroq faqat havoda emas, yo'lda ham harakatlanishi mumkin bo'lgan. Uchar avtomobil yerda soatiga 160 kilometr harakatlanishga qodir 100 ot kuchiga teng bo'lgan va havoda harakatlanishi uchun 200 ot kuchiga teng dvigatel bilan jihozlangan. U havoda soatiga 180 kilometr tezlikda, yerdan 3,5 metrgacha balandlikda harakatlana olgan.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
34
0
qalampir.uz

Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Ilk marta odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kecha birinchi odam Neuralink'dan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar asabiy tirqishlarni aniqlashning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi”, deb yozgan u. Maskning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-

07 Mar 20:08
 
43
0
qalampir.uz

Xitoylik olimlar Ilon Maskni ortda qoldirdi

Xitoyning Tsinghua universitetida falaj bo‘lgan odamning harakatini tiklashga yordam beruvchi miya chipi ishlab chiqildi. Bu haqda “South China morning post” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, ushbu simsiz miya-kompyuter interfeysi bemorga protez qo‘l bilan narsalarni ushlash imkonini beradi. Qurilma o‘tgan yilning oktyabr oyida falajlikni boshidan o‘tkazgan bemorni reabilitatsiya qilishda ishlatildi hamda sezilarli yutuqlar qayd etildi. Universitetning tadqiqot gu

11 Apr 13:57
 
30
0
qalampir.uz

Amerikalik talabalar tarakanni kiborgga aylantiradigan qurilma yasadi (video)

AQSHda universitet talabalari tarakanlarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqdi va ushbu to‘plamlarni savdoga chiqardi. Bu haqda “Backyard brains” nashri xabar berdi. Bildirilishicha, qurilma hasharotning ustiga yopishtiriladi. So‘ngra u buyruq bo‘yicha razryadlarni yuboradi. Bu esa tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi. Uskuna ulanganidan so‘ng, bir necha daqiqa hasharotning moslashishini kutish kerak bo‘ladi. So‘ngra uni chap

11 Apr 13:57
 
21
0
qalampir.uz

AQSH Adliya vazirligi Apple'ni smartfonlar bozorini monopollashtirishda aybladi

AQSH Adliya vazirligi va 16 ta shtatning bosh prokurorlari Apple kompaniyasini smartfonlar bozorini monopollashtirishda ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda Adliya vazirligi tarqatgan press relizida aytiladi. “Apple'ning cheklovchi harakatlari amerikaliklarning yangi smartfonlarga (boshqa ishlab chiqaruvchilardan – tahr.) o‘tishini qiyinlashtiradi, ilovalar, mahsulotlar va xizmatlardagi innovatsiyalarga putur yetkazadi va ishlab chiquvchilar, biznes hamda iste’mol